24
dasturaviy-boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi
informatsiyani olish bosqichlariga bo„lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda
komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik
loyihalash bosqichlarni
ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o„xshash nomga ega bo„lgan funktsional aspektli uch ierarxik
darajali masalalarni yechish bilan bog„liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi
konstruktorlik aspektdagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo„lgan masalalarni o„z ichiga oladi.
Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini l o y i h a v i y p r o t s e d u r a l a r deb atashadi.
Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo„lib, uning bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan
tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning
qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining
maydaroq tarkibiy qismi l o y i h a v i y o p e r a t s i y a l a r deb ataladi. Buyum chizmasini
shakllantirish, kuchaytirgich
parametrlarini hisoblash, elektr dvigatelini qurish uchun namunaviy
konstruktsiyasini tanlash – loyihaviy protseduralarga, namunaviy grafikaviy tasvirni (tishli ilashma,
chizma ramkasi va sh.k.) chizish, kuchaytirgichning statik holatini bayon qiluvchi algebraik
tenglamalar tizimini yechish, elektr dvigatelning navbatdagi variantini qurishning effektiv
ko„rsatkichlarini hisoblash – loyihaviy operatsiyalarga misol bo„la oladi.
Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob‟yekt haqida tushunchalarni
strukturlashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash jarayonini strukturlashga taalluqli.
Dostları ilə paylaş: