Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

5 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari 
Protsessorlar
 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
Umumiy holatlar
1.1. 
EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlari 
1.2.
EHM klassifikatsiyasi
1.3.
Hisoblash tizimlari (HT)ning ish rejimlari 
2. 
Avtomatlashtirilgan loyihalashda foydalaniladigan EHM va HT haqida umumiy 
ma‟lumotlar 
3.
EHM apparat vositalari va tizimlari 
3.1.
Protsessorlar 
3.2.
Intel protsessorlari tarixi 
3.3. 
Protsessor razryadligi 
3.4. 
Protsessor avlodi 
3.5. 
Protsessor chastotasi 
3.6. 
Protsessor bo„linmalari 
3.7. 
Chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsienti 
Tayanch so‘zlar va iboralar 
Umumtizimiy dasturaviy ta‟minot, operatsion ta‟minot, operatsion tizim, hisoblash tizimi, 
unumdorlik, sig„im, markaziy qurilmalar, periferiya qurilmalari, markaziy protsessor, razryadlik, 
ichki ko„paytirish koeffitsienti, operativ xotirada saqlovchi qurilma. 
5.1. Umumiy holatlar 
Texnikaviy vositalar (TV) va umumtizimiy dasturaviy ta‟minot (DT) ALTning instrumental 
bazasini tashkil qiladi. Ular fizikaviy muhitni hosil qiladi; bu muhitda ALTning boshqa turdagi 
ta‟minotlari (matematik, lingvistik, informatsion va h.k.) realizatsiya qilinadi. Muhandis ushbu muhit 
bilan o„zaro muloqotda bo„lib va loyihalashning turli masalalarini yechib, texnikaviy ob‟yektlarni 
avtomatlashtirilgan loyihalashni amalga oshiradi. Loyihalash jarayonida texnikaviy vositalar va 
umumdasturaviy ta‟minot informatsion qayta shakllantirish va uni masofada va vaqtda uzatishni 
ta‟minlash bo„yicha turli, lekin o„zaro bog„liq funktsiyalarni bajaradi. 
Texnikaviy vositalar ALTda quyidagi masalalarni yechadi: 
- loyihalash ob‟yekti bayonining birlamchi ma‟lumotlarini kiritadi; 
- kiritilgan informatsiyani nazorat qilish va muharrirlash maqsadida uni aks ettiradi; 
- informatsiyani qayta shakllantiradi (ma‟lumotlar taqdim qilinishini shaklini o„zgartirish, 
qayta kodirovka qilish, translyatsiya qilish, arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish
ma‟lumotlar strukturasini o„zgartirish va sh.k.); 
- turli informatsiyalarni saqlaydi; 
- yechimning natijaviy va oraliq natijalarini aks ettiradi; 
- masalani yechish jarayonida loyihalovchining tizim bilan operativ muloqotini ta‟minlaydi. 
Ushbu vazifalarni bajarish uchun ALTning texnikaviy vositalarni o„z ichiga protsessorlar, 
operativ xotira (OX), tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar (TXQ), informatsiyani kirituvchi-
chiqaruvchi qurilmalar (IKChQ), insonning EHM bilan operativ muloqotini ta‟minlovchi qurilmalar, 
EHMning masofadagi terminallar va boshqa mashinalar bilan aloqasini ta‟minlaydigan qurilmalarni 
oladi. ALTning ishlab chiqarish jihozi bilan bevosita aloqasini yaratish zarurati tug„ilganda 
texnikaviy vositalar tarkibiga loyihalash natijalarini dastgohlar, texnologik komplekslar va 
avtomatlarni boshqaruvchi signallarga o„zgartiradigan qurilmalar kiritilishi kerak. 
Yuqorida qayd qilingan masalalarni texnikaviy vositalar umumtizimiy DT bilan birgalikda 
yechadi. 
Umumtizimiy dasturaviy ta’minot 
deganda EHMning 
operatsion tizimi 
(OT) nazarda 
tutiladi. EHM texnikaviy vositalari va uning dasturaviy ta‟minoti majmui 
hisoblash tizimi 
(HT) deb 
ataladi. 


30 
OT vazifasi – HTda hisoblash jarayonini tashkil qiladi; yechilayotgan alohida masalalar 
orasida hisoblash resurslarini ratsional taqsimlash; foydalanuvchilarga dasturlash jarayonini va 
ularning masalalarini sozlashni yengillatuvchi har xil servis vositalarini taqdim qilishdir. 
Operatsion tizim qayd qilingan funktsiyalarni HTning o„tkazish qobiliyatini oshirish
loyihalovchi so„roviga tizim reaktsiya qiladigan vaqtni kamaytirish va HT resurslaridan foydalanish 
samarasini oshirish maqsadida bajaradi. ALTda odatda hisoblash texnikasining keng tarqalgan 
universal vositalari va vazifasi umumiy bo„lgan operatsion tizimlardan foydalanishadi. Texnikaviy 
vositalarning muammoli yo„nalishi hisoblash texnikasining har xil qurilmalari ALT texnikaviy 
vositalari kompleksiga birlashtirilganida amalga oshadi. Umumtizimiy DT tarkibini aniqlashda 
odatda HTning talab qilinadigan ish rejimlarini eng samarali ta‟minlaydigan va uning hamma 
resurslaridan ratsional foydalanishni ta‟minlaydigan OTni tanlashadi. 
Operatsion tizim foydalanuvchi va HT orasida o„ziga xos interfeys vazifasini bajaradi, ya‟ni 
OT foydalanuvchiga virtual hisoblash tizimini taqdim etadi. Demak, HT foydalanuvchida HT 
imkoniyatlari, u bilan ishlash qulayligi, uning o„tkazuvchanlik qobiliyati haqida tushuncha 
shakllantiradi. Turli OTlar bir xil texnikaviy vositalarda foydalanuvchiga hisoblash jarayonini tashkil 
qilish yoki ma‟lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun har xil imkoniyatlar berishi 
mumkin. 
OT ko„p sonli har xil yordamlarni, servis vositalarini, amaliy dasturlar unumdorligini oshirish 
usullarini ham taqdim etadi; ularni bilish ham yangi dasturlarni yaratishda va ham mavjud ALT 
komplekslaridan foydalanishda foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. 
MS-DOS operatsion tizimi IBM PC kompyuteri dunyosini deyarli o„n besh yil boshqardi. 
Haqiqatda qulay bo„lgan grafikaviy operatsion tizim 1995 yil oxirida paydo bo„ldi, ungacha 
dasturlarning asosiy massasi MS-DOS tizimi uchun chiqarildi. 
1995 yil oxirida Microsoft korporatsiyasi Windows 95 OTni chiqardi. Bu OT MS-DOS ni 
butunlay almashtirdi. 1998 yilda Microsoft korporatsiyasi OTning yangi versiyasi – Microsoft 
Windows 98 ni taqdim qildi. Bu OT mukammal bo„lib tuyuldi, lekin Windows 98 tizimi qanchalik 
yaxshi bo„lmasin, u kompyuterning apparat qismidan juda «uzoqda». MS-DOS tizimi kompyuterga 
«yaqinroq». Kompyuter MS-DOS tizimida start oladi va undan keyingina Windows 98 ni tashkil 
qiluvchi juda katta dasturlar paketini yuklaydi. MS-DOS kompyuter va Windows 98 tizim orasida 
«ko„prik» vazifasini bajaradi. «Ko„prik»larning bunday zanjiri resurslarning bir qismini o„ziga 
«tortib oladi». Turli operatsion tizimlarning operativ xotirasi talab qiladigan hajm 5.1-jadvalda 
ko„rsatilgan. 
5.1-jadval 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin