ALTda loyihalash rejimlari.
Q a n d a y d i r m a r s h r u t n i b a j a r i s h d a i n s o n
i s h t i r o k i v a E H M d a n f o y d a l a n i s h n i n g t a v s i f i v a i s h t i r o k e t i s h d a r a j a s i
bo„yicha loyihalashning bir qancha rejimlarini farqlashadi.
Avtomatik rejim
yechimga inson aralashmasidan EHMda formal algoritmlar bo„yicha
loyihalash bajarilganda qo„llanadi.
Qo‘l (avtomatlashtirilmagan) rejim
marshrut EHM yordamisiz bajarilishi bilan tavsiflanadi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash agar marshrutdagi loyihaviy protseduralarning bir qismini
inson qo„lda, qolgan qismini esa EHMdan foydalanib bajarsa, bunday loyihalash qisman
avtomatlashtirilgan bo„ladi. Bunday rejim loyihalash past darajada avtomatlashtirilganini aks ettiradi.
Dialogli (interaktiv) rejim
ancha takomillashgan rejim bo„lib, unda marshrutdagi hamma
protseduralar EHM yordamida bajariladi, inson ishtiroki esa loyihaviy protseduralar yoki
operatsiyalar natijalarini operativ baholashda, davom ettirish yo„llarini tanlashda va loyihalash
borishini korrektirovka qilishda namoyon bo„ladi. Agar dialog initsiatori inson bo‟lsa, unga
EHMdagi avtomatik hisoblarni istalgan paytda uzish imkoni berilgan bo„lsa, bunday dialog
aktiv
deyiladi. Agar hisoblashni uzish EHMda bajarilayotgan, oldindan nazarda tutilgan ma‟lum
momentlarda dastur buyruqlari bo„yicha amalga oshirilsa, ya‟ni loyihalovchi dialog initsiatori bo„la
olmasa, u holda dialog
passiv
deyiladi.
ALT rivoji, xususan, loyihalashning avtomatlashtirilishi darajasining ortishi yo„nalishida
bormoqda. Lekin ALT bilan dialog rejimida ishlashda zarurat solmoqda, chunki murakkab tizimlarni
28
loyihalash jarayonini to„lig„icha formallashtirib bo„lmayapti va ba‟zi hollarda inson ishtiroki qaror
qabul qilishni tezlashtirish imkonini bermoqda.
Savollar
1.
Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlarini aytib bering.
2.
Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuvni bayon qiling.
3.
Pasayuvchi va ko„tariluvchi loyihalashlarning mohiyatini izohlang.
4.
Tashqi va ichki loyihalashlar mohiyatini izohlang.
5.
Loyihalanayotgan
ob‟yektlar
bayonlarining
turlari
va
ular
parametrlarining
klassifikatsiyasini bayon qiling.
6.
ALTda loyihalash rejimlarini aytib bering.
|