Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

ALTda texnikaviy vositalar funktsiyalarini bajarishini boshqaruvchi monitor tizimlari.
Monitor 
tizimlarining asosiy funktsiyalari:

talab qilinadigan va mavjud resurslar masalalari paketini nazorat qiluvchi topshiriqlarni 
ustuvorligi va navbat nomeri o„rnatilgan holda ma‟lumotlar bazasiga kirish huquqini shakllantirish; 

topshiriqlar va masalalarni boshqarish tillarining yo„riqlariga ishlov berish hamda 
uzilishlarga boshqarishni ilib olib, uzilish sababini tahlil qilib va uni loyihalovchiga tushunarli 
terminlarda izohlab reaktsiya (sezib ta‟sir) qilish; 

nimtizimlar parallel ishlagan sharoitlarda dialogli va interaktiv-grafik hamrohligini tashkil 
qiluvchi masalalar oqimiga xizmat ko„rsatish; 




avtomatik rejimlarda loyihalash operatsiyalarining bajarilishi sifatini tahlil qilgan, 
bosqichning yoki marshrutning davom etishi mezonlari tekshirilgan, marshrutning alternativ 
qaytarilishi variantlarini tanlagan holda loyihalashni boshqarish; 

tizimni ekspluatatsiya qilish statistikasini olib borish va optimallashtirish; 

topshiriqlar masalalar va nimtizimlar, rejali topshiriqlar va joriy ko„rsatmalar va so„rovlar 
ustuvorligini hisobga olgan holda ALT resurslarini taqsimlash; 

resurslar va ma‟lumotlarni ruxsat etilmagan kirishdan va nazarda tutilmagan ta‟sirlardan 
himoya qilish. 
ALTda informatsion-qidiruv tizimlar
(IQT) quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 

informatsion fond (инфотека)ni ma‟lumotlar bilan to„ldirish; 

raqamli ma‟lumotlarga arifmetik ishlov berish va matnlarga leksikaviy ishlov berish; 

informatsion so„rovlarga zarur bo„lgan ma‟lumotlarni qidirish maqsadida ishlov berish; 

chiquvchi ma‟lumotlarga ishlov berish va chiquvchi hujjatlarni shakllantirish. IQTning 
xususiyati shundaki, ularga kelgan so„rovlar dasturaviy yo„l bilan emas, balki bevosita foydalanuvchi 
tomonidan shakllantiriladi va monitorga tushunarli bo„lgan formallashgan tilda emas, balki tayanch 
so„zlar ketma-ketligi ko„rinishida «deskriptor»lar deb nomlanuvchi tabiiy tilda shakllanadi. Saqlash 
uchun qabul qilingan hamma bayonlarda bo„lgan deskriptorlar ro„yxati deskriptorlar lug„atini tashkil 
qiladi va qidiruvchi yo„riqlarni shakllantirishga mo„ljallangan. 
Deskriptorliga nisbatan ancha murakkab bo„lgan IQTlar ham mavjud. Ularda informatsion-
qidiruv tili katta ahamiyatga ega; bu tilda informatsion ob‟yektlar orasidagi semantik munosabatlar 
hisobga olinadi. Bu esa noto„g„ri tanlanadigan til qurilmalari sonini kamaytirish imkonini beradi, 
so„rovlarga ishlov berish esa ma‟no mos kelishi mezonlari asosida bajariladi. 
Ma‟lumotlar banki katta ALTlarda informatsiyani tashkil qilishning yuqori shakli hisoblanadi. 
Ular – muammoli-yo„nalgan informatsion-ma‟lumotnomalar tizimlaridir. Bu tizimlar kiritishning 
muayyan vazifalariga bog„liq bo„lmagan zarur informatsiyalarni kiritishni, informatsion massivlar 
saqlanishini hamda foydalanuvchilar yoki dasturlar so„rovi bo„yicha zarur bo„lgan informatsiyani 
chiqarishni ta‟minlaydi. Ma‟lumotlar bankida faktografik ko„rinishdagi informatsiyadan 
foydalaniladi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
(MBBT) – ma‟lumotlar strukturasi ko„rinishida tashkil 
qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta‟minlaydigan dasturaviy-metodik kompleksdir. 
MBBT quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 

ma‟lumotlar bazasini aniqlab olish, ya‟ni sxemalarning kontseptual tashqi va ichki 
darajalarini bayon qilish; 

ma‟lumotlarni bazaga yozish; 

ma‟lumotlarga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish, ularni qayta tashkil qilishni bajargan 
holda ularning saqlanishini tashkil qilish; 

ma‟lumotlarga kira olishni ta‟minlash (qidirish va chiqarib olish). 
Ma‟lumotlarni tanib olish va ularga kirish uchun MBBTda til vositalari mavjud. Masalan, 
ma‟lumotlar strukturasi bayonidan tashkil topgan ma‟lumotlarni tanib olish tili yordamida 
ta‟minlanadi. Ma‟lumotlarga kirish funktsiyasi ma‟lumotlarni manipulyatsiya qilish tili va so„rov 
qilish tili yordamida amalga oshadi. Qo„llab (tutib) turiladigan strukturalar bo„yicha MBBTning 
ierarxik, tarmoqli va nisbiy (relyativ) turlari bo„ladi. 
Mashina grafikasining dasturaviy-metodik komplekslari
(DMK) foydalanuvchining EHM bilan 
muloqotida grafik informatsiya almashinuvini, geometrik masalalarni yechishni, tasvirlarni 
shakllantirishni va grafik informatsiyani avtomatik ravishda tayyorlashni ta‟minlaydi. 
Foydalanuvchining EHM bilan grafik muloqoti («kirishning grafik metodi») kirish-chiqish 
nimdasturlariga 
asoslanadi; 
bu 
nimdasturlar 
kiritish-chiqarish 
qurilmalaridan 
olinadigan 
komandalarning qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini hamda ushbu qurilmalarga boshqaruv 
ta‟sirlarining chiqarilishini ta‟minlaydi. Geometrik masalalar yechimi (grafik modellash) grafik 
informatsiyani qayta o„zgartirishga keltiriladi; bu o„zgartirish qurish, burish, masshtablash va sh.k. 
turlardagi elementar grafik operatsiyalarni u yoki bu ketma-ketlikda bajarilishida ifodalanadi. Grafik 
modellash uchun DMKlardan foydalaniladi; ularda alohida elementar grafik operatsiyalardan 
tashqari uch o„lchamli tasvirlarni grafik qayta o„zgartirishlar, proektsiya, kesim va h.k.larni qurish 
protseduralari amalga oshirilishi mumkin. Grafik o„zgartirishlar DMKsida ba‟zi tez-tez 



foydalaniladigan tasvirlarni shakllantirish, grafik ma‟lumotlar bazasini boshqarish, grafikaviy 
nimdasturlarni sozlash uchun vositalar odatda nazarda tutiladi. 
Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simvol)li informatsiyalarni kiritish, nazorat, redaktorlash, 
qayta o„zgartirish va chiqarishni amalga oshiradigan dasturaviy-metodik komplekslar yordamida 
amalga oshiriladi. Topshiriqlarni bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi terminallarga natijalarni 
chiqarishni aloqa kanallari orqali ta‟minlaydi. ALTda vazifasi umumiy bo„lgan dialogli DMKlar 
bilan bir qatorda ixtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin. Vazifasi umumiy bo„lgan 
DMKlarni ALTni yaratish va ekspluatatsiya qilishning boshlang„ich bosqichlarida qo„llash 
maqsadga muvofiq; bu DMKdan loyihalash metodologiyasini, ma‟lumotlar va amaliy dasturlarga 
ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va tekshirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik ALTda 
dialogni tashkil qilish bo„yicha maxsus talablarni hisobga olgan holda DMKlarni modifikatsiyalash 
mumkin. Bunda so„rovlarga dialogli yoki paketli rejimda ishlov berilishini; tizimning programmist 
bo„lmagan foydalanuvchiga yo„nalishini; yuqori daraja tillardagi dialogli amaliy dasturlar kiritilishi 
(qo„shilishi) yo„li bilan tizim kengaytirilishi mumkinligini; «menyu» va direktivalar yordamida 
dialogni boshqarish imkonini hisobga olish zarur. AIJ ruknlari uchun umumtizimiy DMKlarning 
tavsiya qilinadigan to„plami 1.1-jadvalda keltirilgan. 
1.1-jadval. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin