Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Yaxshi operatsion tizim qanday bo‘lishi kerak?



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Yaxshi operatsion tizim qanday bo‘lishi kerak? 
Yaxshi operatsion tizim shunday bo„lishi kerakki, ertalab uyg„onib baland tovush bilan «Kefir 
bilan bulochka va omletni xohlayman» deyish mumkin bo„lsin. Kompyuter «oshxona kombayni»ga 
an‟anaviy omlet tayyorlashga buyruq bersin, kefir bor yoki yo„qligini sovutkichdan so„rasin va agar 
kefir sovutkichda yo„q bo„lsa, eng yaqin magazinga zudlik bilan yetkazishga buyurtma bersin. 
Darvoqe, eltuvchi bilan hisob-kitob qilishga ovora bo„lmasligingiz uchun, kompyuter sizning 
bankdagi schyotingizdan zarur bo„lgan summani magazin schyotiga o„tkazsin, sizga esa kvitantsiyani 
pechatlab qo„ysin. 
Agar Siz buni fantastika deb o„ylasangiz, xulosa bilan shoshilmang. Bu – bugungi kunda 
voqelikdir. Bu turmushda hozircha bo„lmasa ham, laboratoriyalarda ishlamoqda. Agar siz «oshxona 
kombayni»ni magnitofonga, «omlet»ni esa xushohang kuyga almashtirsangiz, bunday tizimni 
ertagayoq o„zingizga yaratishingiz mumkin. 
Agar pazandalik masalalarini yaqin kelajakka qoldirsak, hozir bizga operatsion tizimdan hech 
bo„lmaganda quyidagilar kerak: 

Operatsion tizim rivojlanib boruvchi bo„lishi lozim. Agar u «sovutkich bilan ishlashni 
bilmasa ham», dasturlarni yuklay olishni va ishga tushirishni uddalay olishi lozim (dasturlar 
operatsion tizimdan farqli o„laroq buni bajarishni bilishmaydi). Umuman, OT bizga zarur 
bo„lgan istalgan dasturlarni, xoh u bank schyotini olib borish uchun va xoh oddiy 
kompyuter o„yinlari bo„lsin, yuklashni va ishga tushirishni uddalashi kerak. To„g„ri, bu 
dasturlar ushbu operatsion tizim uchun maxsus yozilgan bo„lishi zarur. Bunday dasturlarni 
ilovalar deb atashadi. Matn muharriri – bu ham ilova. Hatto kompyuter o„yinlari – bu 
o„yinli ilovalardir. 

Operatsion tizim apparatura va ilovalar orasida vositachi bo„lishi kerak. Minglab har xil 
sichqonchalar va djoystiklar, yuzlab printerlar, yuzlab har xil turdagi tovush va 
videokartalari mavjud. Ularning hammasi har xil, lekin sizni bu tashvishlantirmasligi kerak. 
Bu sizning tashvishingiz emas. Sizga faqat bitta narsa – kompyuteringizdagi dasturlarning 
normal ishlashi kerak. 
Dasturni tuzuvchi dasturchilar kompyuteringiz konfiguratsiyasi qandayligini qanday bilishsin? 
Ilgari, dasturni chiqarishayotganda o„nlab turli videokartalar va tovushli kartalarga sozlash uchun 
maxsus dasturlar ilova qilinar edi. Baribir topisha olishmas edilar. Baribir ko„p kompyuterlarda 
dasturlar ishlashni «istashmas» edi, chunki dasturchilar hamma narsani hisobga ololmaydilar. Ularga 
qiyin edi. Sotib oluvchilar esa norozi edilar. 
Hozirgi paytda bu holat o„zgardi. Vositachilik funktsiyasini operatsion tizim o„ziga oldi. 
G„aroyib «sichqon»ni sotib olib, uni bir marta o„rnatasiz, sichqon operatsion tizimga o„zi haqida 
hamma narsani «ma‟lum qiladi». Operatsion tizim sizning sichqoningiz haqida hamma narsani 
biladi va buni uning dasturiga «tushuntira oladi». 

Operatsion tizim sozlanadigan bo„lishi kerak. Bugun siz sichqon yordamida 
boshqarmoqdasiz, ertaga – djoystik yordamida, indinga esa balki dasturlarni boshqarishning 
boshqa yo„lini topishar. Operatsion tizim bu qurilmani «o„ziniki»dek qabul qilishi, uni 
o„zining tarkibiga qo„shib qo„yishi va u bilan sichqon o„rniga ishlashi lozim. Bu holda 
dasturlarni ishlab chiquvchi dasturchilarning siz qanday qurilma bilan ishlayotganingizni 
o„ylashiga hojat qolmaydi. 

Operatsion tizim do„stona bo„lishi kerak. Buning ma‟nosi – u tushunarli va qulay bo„lishi 
lozim. Lekin bu hali kam. U foydalanuvchi didi bo„yicha sozlanishi zarur. O„zbekistonda 
o„zbek tilini tushunadigan, Rossiyada esa rus tilini tushunadigan tizim bilan ishlash qulay. 
Do„stonalik ishlashning nostandart yo„llarini ham nazarda tutadi, masalan faqat bir qo„lli 
yoki umuman qo„li yo„q nogironlar uchun. Yoki, masalan ko„rish qobiliyati juda yomon 
bo„lgan odamlar uchun. Do„stonalik siz bundan keyin nima qilishingizni oldini olishi va 
sizni xavfli harakatlarning mumkin bo„lgan oqibatlari haqida ogohlantirishi kerak. 


70 

Operatsion tizim «shaffof» («прозрачный») bo„lishi kerak. Deraza oynasidan ko„chaga 
qaraganingizda ko„p qiziq voqealarni ko„rasiz. Bunda oynadan foydalanasizmi? Albatta! 
Sizning xayolingizga shisha nimadan tayyorlanganligi keladimi? Shisha qaysi usulda 
tayyorlanganligi sizni tashvishlantiradimi? Siz shishaga e‟tibor bermaysiz va hattoki uni 
sezmaysiz. Undan faqat foydalanasiz va u qanchalik kam sezilsa (unda chang qanchalik 
kam bo„lsa), u shunchalik yaxshi xizmat qiladi. 
Operatsion tizim uchun «shaffoflik» – ahamiyatli xossa. Gap shundaki, «do„stona» tizim 
«oddiy» tizim degani emas. Axir imkoniyatlarning har xilligiga faqat turli sozlashlarning mo„l-
ko„lligi bilan erishiladi. Bu esa oddiylik emas. 
Demak, yechim «shaffoflik»da. Yosh bilan o„ziga kerak bo„lgan narsani o„zining darajasida 
tez o„zlashtirib olishi lozim. Tajribali foydalanuvchilar chuqurroq, har biri o„z darajasiga yarasha, 
anglashi mumkin. Faqatgina, operatsion tizim bilan ishlagani uchun maosh olayapmiz deb 
hisoblovchi mutaxassislargagina, u oxirigacha namoyon bo„ladi. Shunda ham, hamma ham emas va 
hamma vaqt ham emas. 

Operatsion tizim dasturaviy ilovalar bilan qo„llab-quvvatlanishi zarur. Agar uning uchun 
dasturlar qilinmasa, bunday yaxshi tizimdan nima foyda? Kompyuter bilan ishlashdan 
maqsad axir operatsion tizim bilan emas, balki dasturlar bilan ishlashda-ku. 

Zamonaviy operatsion tizimlardan ko„p masalalilik talab qilinadi. Bir vaqtning o„zida bir 
necha dasturlar bilan ishlash juda qulay. Bu holda sizning qo„lingizda matn, 
illyustratsiyalar, musiqa va videokliplarni o„z ichiga olgan murakkab hujjatlarni yaratishda 
qudratli qurol bo„ladi. 

Agar operatsion tizim bitta kompyuterga xizmat ko„rsatishni qoyillatsa, shuning o„zi ham 
yaxshi. Lekin bu yetarli emas. Kompyuterlarning asosiy massasi bugungi kunda 
tarmoqlarda ishlamoqda, buning uchun esa faqat bir kompyuternigina emas, balki butun 
tarmoqqa xizmat ko„rsata oladigan maxsus operatsion tizimlar zarur. 

Va, albatta, operatsion tizim ishonchli ishlashi darkor. U sizni tuzatib bo„lmaydigan 
xatoliklardan asrashi, ishlayotgan dasturlarning ishdan chiqishiga yo„l qo„ymasligi va 
mabodo bunday hol ro„y bersa, avariyali vaziyatdan bezarar chiqish imkonini bersin. 

Operatsion tizimga bunday bo„lgan ahamiyatli talab – xavfsizlikdir. U nisbatan yaqinda 
paydo bo„ldi va kompyuter tarmoqlari bilan bog„liq. Operatsion tizim informatsiyani 
o„g„irlashdan va ularga zarar yetkazishdan himoya qilish uchun zarur vositalarni taqdim 
etishi kerak. Agar sizning kompyuteringiz tarmoqning bir qismi bo„lib qolsa, masalan, 
Internetga ulangandan keyin, demak unga shunday operatsion tizim kerakki, yovuz niyatli 
odamga aloqa seansi paytida kompyuteringizdagi informatsiyani o„chirishga yo„l 
qo„ymasin. 
Xulosaga quyidagilarni aytamiz: agar protsessor kompyuterning miyasi bo„lsa, bikr disk – 
uning yuragidir, operatsion tizim esa – kompyuter qalbidir. Inson qalbi kabi uni na ko„rib bo„ladi va 
na ushlab bo„ladi, lekin uning namoyon bo„lishiga biz doim duch kelamiz. Operatsion tizimsiz 
kompyuter o„likdir. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin