Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Grafikaviy tezlatgichlar 
Zamonaviy videokarta – o„z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va monitor uchun signalni 
shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o„zining mikroprotsessorlariga ega bo„lgan 
miniatyuradagi kompyuter bo„lib, o„zi hisoblarni bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini 
boshqarish qobiliyatiga ega. Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni qurish qobiliyatini apparatli 
videotezlanish deb ataladi (agar videokartada bunday qobiliyat bo„lmasa, yuk asosiy protsessorga 
tushadi va bu holda dasturaviy videotezlanish haqida gapirishadi). Zamonaviy kompyuter o„yinlari 
uchun videoadapterda tezlanish funktsiyalarining bo„lishi zarur. 
Videokarta qandaydir hisoblarni bajara olishi uchun u berilgan algoritmlar bo„yicha ishlashi 
kerak. Nozik joyi shundaki, dastur tuzayotgan dasturchilar bu algoritmlar haqida oldindan bilishlari 
lozim. Bundan besh yil oldin sharoit bunday edi – videokartalarni ishlovchilar ularga tezlatuvchi 
funktsiyalar kiritishar, lekin foydalanilishi mumkin bo„lgan dasturlar yo„q edi, ular umuman mavjud 
emas edilar. Bunday hollarda odatda videokartaga alohida diskda qandaydir bittagina o„yin ilova 
qilinar edi, unga qaraganda sotib oluvchi qoyil qolardi, lekin qolgan boshqa hamma dasturlar bilan 
videokarta oddiydek ishlar edi. 
Videotezlanishni optimallashtirish
atamasi shunday paydo bo„ldi. 
Bunday hollarda ushbu dastur ushbu videokarta uchun optimallashgan yoki, aksincha, videokarta 
ushbu dastur uchun optimallashgan deyishardi; bunda videokartani yaratuvchilar va dasturni 
yaratuvchilar hamkorlikda ishlagan bo„lardilar. 
Bunday tezlatkichdan foydalanuvchiga manfaat kam, chunki hech kim faqat bittayu-bitta 
dastur bilan ishlayvermaydi, ayniqsa bu o„yin bo„lsa. U tez me‟daga tegadi. Shunda videokartalarni 
ishlab chiquvchilar shunday dasturni topishga qaror qilishdiki, u bilan ko„p foydalanuvchilar ishlay 
olsin va o„zlarining videotezlatkichlari unga nisbatan optimallashsin. Ko„p qidirishga to„g„ri kelmadi, 
yechimi topildi, bu – Windowsdir. Uning darchalari va darchalarining elementlari o„n millionlab 
kompyuterlar uchun tamoman bir xil. Windows standart elementlari tasvirini tezlatish imkonini 
beradigan videokartalar 
2D-tezlatkichlar
(ikki o„lchamli, tekis grafika tezlatkichlari) nomini oldi. 
2D-tezlatkichlari haqiqatda operatsion tizim va uning ilovalari bilan ishlashni tezlatdi. Windows 
darchalari ramkalariga sig„magan (joylasha olmagan) narsalarning hammasi (birinchi navbatda ular 
multimedia dasturlari va kompyuter o„yinlari edi) uch o„lchamli (3D) grafika jabhasiga o„tkazildi.
3D-tezlatkich
ko„p miqdordagi mayda zarrachalardan tasvirni yasaydi, ularning bir-biri bilan 
o„zaro ta‟sirini, bir-birini qanday to„sishini anislaydi, so„ngra ularni bo„yaydi yoki tayyorlab 
so„yilgan tekstura (tuzilma) bilan to„ldiradi. Tabiiyki, bularning hammasini har xil algoritmlar 
yordamida bajarish mumkin. Shuning uchun bu jabhada uzoq vaqt yagona standartlar bo„lmadi va 
dasturlarni hamda videokartalarni ishlab chiqaruvchilar «klan»larga ajralib ketishdi. Standartlar 
paydo bo„lganda esa, ular orasida kurash boshlanib ketdi. Kompyuter texnikasida «standartlar 
kurashi» bilan tez-tez uchrashishga to„g„ri keladi. Mahsulotni sotib olish paytida qaysi standart yutib 
chiqishini topa bilsak, bu uning uzos vaqt va ajoyib ishlashini ta‟minlaydi. Agar topa olmasak, yaqin 
kelajakda sotuvda paydo bo„ladigan kompyuter o„yinlari va boshqa dasturlar bizning kompyuterda 
ishlamaydi (agar ishlasa ham juda sekin ishlaydi), chunki bizning jihozlarimiz ishlab chiqaruvchilar 
nazarda tutgan qandaydir funktsiyalarni bajarmaydi. 
3D-grafika jabhaqida standartlarni kutubxona (библиотека)lar deb atashdi. Bu atama 
dasturchilardan keldi. O„zlarining mikrodasturlarini (ulardan dastur yig„ishadi) ular bu 
mikrodasturlarni kutubxonalarga biriktirish yo„li bilan standartlashtiradilar. Agar videotezlatkich 
XYZ firmasining standart grafikaviy kutubxonasi bilan ishlash uchun optimallashtirilgan bo„lsa, bu 
firmaning hamma dasturlari tezlanish funktsiyalaridan foydalanishadi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin