63
ularning kutubxonalari yaxshiroq ekanligiga va ular videotezlatkichlarini ushbu kutubxonalarga
optimallashtirishlari durustligiga ishontirishlari lozim.
Uzoq davom etgan «kutubxona kurashi» natijasida bugungi kunda uch asosiy kutubxonalar:
Glide, OpenGL va DirectSD ajralib chiqdi. Glide kutubxonasini boshqalardan oldinroq 3D-
tezlatgichlari bozoriga o„zining Voodoo Graphics kartalari bilan 3Dfx kompaniyasi ishlab chiqdi.
Bugun biz peshtaxtalarda 3Dfx belgisi qo„yilgan o„yinlarni ko„plab topamiz.
Qolgan firmalarning
videotezlatkichlari ularni ko„pda qo„llab-quvvatlamadi va taxmin qilish mumkinki,
yoki u
xaridorgirsiz bo„lib qoladi, yoki yangi narsaga o„zgaradi.
OpenGL kutubxonasi
IBM PC
platformasida emas, balki maxsus baquvvat grafikaviy stantsiya
platformasida yaratildi. Foydalanuvchilarga u Quake o„yinining muvaffaqiyati tufayli keldi; bu
o„yinda dasturchilar ushbu kutubxonaning soddalashtirilgan variantidan foydalanishdi. Quake o„yini
shunchalik mashhur bo„ldiki, bu o„yin tarqalgan paytda ko„p ishlab chiqaruvchilar o„zlarining
videokartalarini ushbu o„yin bilan ishlashga optimallashtirishni va ya‟ni ushbu kutubxonani qo„llab-
quvvatlashni omadli marketing tadbiri deb bilishdi. O„z navbatida
yangi dasturlarni ishlab
chiquvchilar OpenGL kutubxonasidagi protseduralardan foydalanishni ham omadli marketing tadbiri
deb hisoblashdi, chunki foydalanuvchilarda bu kutubxonaga tayangan juda ko„p videotezlatkichlar
mavjud edi. Glide kutubxonasi o„zining yaratuvchisi – 3Dfx kompaniyasi
tomonidan uzoq vaqt va
muttasil oldinga surib borildi, OpenGL kutubxonasiga esa muvaffaqiyat juda tez keldi.
Hozirgi paytda DirectSD kutubxonasiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Bu kutubxona
DirectX kutubxonalari yirik paketi tarkibiga kiradi. U Windows operatsion tizimi ustiga multimediali
ustqurilma sifatida Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda va bepul tarqatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: