53
Bu texnologiya AT (
Advanced Technology
) nomini oldi va ikkinchi avlod IBM PC AT 286
kompyuterlarida birinchi marta qo„llandi.
Bugungi kunda kompyuter komponentlarini korpusda joylashtirishning ikki standarti –
AT
va
ATX
mavjud. Korpus «standartliligi»ni
aniqlovchi asosiy parametr
form-faktor
deb ataladi.
ATX
form-faktori
– zamonaviyroq va shu sababli afzalroqdir. Eskirgan
AT form-faktorli
kompyuterni
tanlash
keyinchalik, bir necha yil o„tgandan so„ng tizimiy blok ichini «yangilash» vaqti kelganda,
muammo tug„dirishi mumkin. Kompyuterga o„rnatish yoki ulash mumkin bo„lgan qurilmalar tanlovi
cheklanishi mumkin. Tashqi qurilmalar (printer yoki skaner) ulanishi uchun mo„ljallangan
bo„linmalar orqa devorida joylashishi bo„yicha AT va ATX korpuslarini farqlash mumkin.
Ushbu standart paydo bo„lgunicha birinchi IBM PC kompyuterlari tashqi qurilmalar bilan
deyarli ishlamas edi (printer, djoystik,
klaviatura, ulanadigan diskovod xolos). ISA standarti tadbiq
bo„lgandan so„ng onalik platasida qo„shimcha platalarni oson o„rnatish imkoni paydo bo„ldi;
qo„shimcha platalar yordamida onalik platasiga xohlagan narsani – magnitofon,
sovutgich va
h.k.larni ulash mumkin. Qo„shimcha platalar
sho‘ba (
дочерная
) platasi, kengaytirish kartasi
yoki
karta
nomini oldi.
Turli jihozlarning minglab mayda ishlab chiqaruvchilari har xil qurilmalarni ishlab chiqarishga
kirishdi; ISA shinasining muvaffaqiyati ana shunda. Ular uchun kompyuter arxitekturasi ochiq bo„lib
qoldi. ISA shinasining elektrik va mexanik parametrlarini bilib, istalgan odam kompyuterni
rivojlantirishi va kuchaytirishi mumkin. Ochiq standarti bo„lmagan kompyuterlar «yo„q» bo„lib
ketdi. Bir qancha «tug„ma» kamchiliklari bo„lgan
IBM PC platformasi esa, bu kamchiliklarga
qaramasdan, ikki o„n yilliklardan beri muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.
Dostları ilə paylaş: