52
Onalik platasi chipsetiga bu plata qanday chastotada ishlay olishi birinchi navbatda bog„liq.
Operativ xotirada bo„lishi mumkin bo„lgan hajmi va onalik platasiga ulanishi mumkin bo„lgan
qo„shimcha qurilmalar soni ham chipsetga bog„liq.
BIOS
BIOS (
Basic Input Output System
– kiritish-chiqarish bazaviy tizimi) – onalik platasining eng
ahamiyatli mikrosxemalaridan biridir. Unda birlamchi dasturlar yozilgan bo„ladi; kompyuter ishi
shundan boshlanadi. Protsessorga energiya kelishi bilan u o„zining eng birinchi dasturi uchun ushbu
mikrosxemaga murojaat qiladi va energiya ta‟minoti tugamaguncha o„z ishini to„xtatmaydi. Agar
kompyuter qanday ulanishini ko„rgan va ulangan zahoti qora fonda o„tayotgan oq harflarga e‟tibor
bergan bo„lsangiz,
bilingki, bunda siz BIOSga yozilgan dasturlar ishini kuzatgansiz.
BIOS dasturlari kompyuter ulangan zahoti uning asosiy tizimlarini tekshiradi, klaviatura va
monitor bilan muloqotni ta‟minlaydi, diskovodlarni tekshirishni bajaradi va onalik platasi chipsetini
va hatto protsessorning o„zini qisman sozlashni bajarish imkonini beradi. Masalan, agar onalik
platasi bir necha chastotalar bilan ishlay olsa, chastotani onalik platasining o„zida
joylashgan katta
ulagich (переключатель) yordamida yoki BIOSda yozilgan dastur yordamida berish mumkin. Bu
narsa protsessor chastotasining ichki ko„paytirish koeffitsientiga ham taalluqli (agar u Intel Celeron
protsessoridagi kabi «bikr» berilgan bo„lmasa).
Har bir boshqarish usulining afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Masalan, BIOS dasturini
qayta sozlash yordamida onalik platasi parametrlarini boshqarish qulay, chunki bu tizim bloki
korpusini bo„laklarga ajaratishni va onalik platasiga kirishni talab qilmaydi. Ikkinchi tarafdan,
parametrlarni belgilashda yanglishilsa BIOS dasturlari ishlash qobiliyatini yo„qotishi mumkin –
bunda kompyuterni umuman ishga tushirib bo„lmaydi va dasturaviy yo„l
bilan BIOS sozlanishini
qayta tiklab bo„lmaydi. Bu holda onalik platasidagi qayta ulagichlar yordamida BIOSni sozlash
mumkin.
BIOS mikrosxemasini topish oson. Protsessorni hisobga olmaganda, bu – kompyuterga
kavsharlanmagan yagona mikrosxemadir. U maxsus kolodkaga o„rnatiladi, demak uni yechib olish
va almashtirish mumkin. Bu ishni foydalanuvchi bajarmagani ma‟qul, chunki BIOSni almashtirish –
kompyuterga xizmat ko„rsatish emas, balki ta‟mirlashdir; uni mutaxassis bajarishi lozim.
Dostları ilə paylaş: