19
Maqola muallifi o‘zbek adabiyotida plagiatning turli-tuman shakllari kuzatilayotganini
yozadi.
«Gazetada bir hikoya o‘qidim, uning sarlavhasi ostida «falonchiyev tayyorladi» deyilgan
ekan. Rukn ─ Jahon adabiyoti durdonalari. Hikoyaning muallifi qayd etilmagan.
Yo materialni
tayyorlagan kishining o‘zi jahon adabiyotiga daxldor shaxsmikan, deb o‘yladim. Lekin o‘zim bilgan
mualliflar orasida bunday ismni uchratmadim. Xotiramga o‘qiganlarim kelaverdi. Oxiri esimga
tushdi: gazetadagi material Paustovskiyning «Keksa oshpaz» hikoyasining na tarjimasi, na tabdili
edi: o‘zbekcha matnda uning sarlavhasi, badiiy detallari, Motsartdan boshqa qahramonlarning nomi
o‘zgartirilgandi. Bu na taqlid, na tarjima, na sharh, na tabdil edi...»
Muallif Bozor Ilyos al-Aminning bayon etishicha, fan va ta'lim sohasida ham plagiatlikning
cheki yo‘q. Ayniqsa, talabalarning diplom himoya qilishida bu holat ko‘p uchraydi va bu sifatga
ta'sir qilmay qolmayapti.
«Ba'zan hatto ko‘p yillik tajribaga ega tadqiqotchilar ham monografiyalarda avval o‘zga
ilmiy ishidan bir iqtibosni «qoida» ga amal qilib oladilar, keyin besh-o‘n sahifagacha tap tortmay
ko‘chiradilar. Go‘yo «tirnoq» ichidagisi
kitob muallifiniki-yu, qolganlari esa ko‘chirgan janob
qalamiga mansubday. Hech bo‘lmasa, ora-sirada manbaa ko‘rsatilsa ham mayli edi. Plagiat
zamirida nima bor? Azaldan o‘zi loyiq bo‘lmagan obro‘ga erishish uchun yoki mashhurlik kasaliga
(maniya velichiya) yo‘liqqanlar ko‘chirmakashlik qiladi. Gohida esa ilojsizlikdan bunga qo‘l uradi.
Birinchi holat haqida ko‘p aytilgan. Ikkinchi holat, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida bitiruv malakaviy
ish yozish (BMI) va himoya qilishda bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi. Talaba 70-90 betlik
ishni tayyorlashi kerak. O‘zi bir sahifa u yoqda tursin, bir jumlani
ham mustaqil ravishda
tuzolmaydi. Unga umrida hali biror varaq ilmiy maqola yozmagan kishi ilmiy rahbarlik qilishi ham
ehtimoldan xoli emas. Nima qilsin? Talabaning iloji yo‘q: u yo ishni biror joyda ko‘chirib oladi, yo
ko‘chirib berishadi. Yo tayyorini sotib ola qoladi. Bu jarayonni ko‘pchilik biladi. Lekin haligacha
biror mutaxassis yoki mutasaddi bu borada og‘iz ochganini ko‘rmadim. Kim ham o‘zi o‘tirgan
shoxni arralardi?
Hamma bitiruv malakaviy ish yozishi shartmi? Bu vazifani faqat o‘zi xohish bildirgan
iqtidorli talabalarga yuklab, o‘quv rejasida BMIga ajratilgan yuklamaning qolgan qismini
(soatlarni) mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy darslar uchun taqsimlab chiqish va soha
bo‘yicha davlat imtihonlarini og‘zaki topshirishni qayta joriy etish balki samaraliroq bo‘lar? Shunda
kitob o‘qish va uqish yana talabaning asosiy vazifasi ekanligini ular his qilishar? Axir to‘rt yil
oliygohda yurib, kutubxona qayerdaligini bilmay, bitta ham kitob o‘qimay diplom olib
ketayotganlar ozmi? Bitiruv malakaviy
ishlar qayerda sotiladi, deysizmi? Internet bir zumda
minglab tayyor diplom va bitiruv malakaviy ishlar ro‘yxatini oldingizga tashlaydi. Shuningdek,
dissertatsiyalarni ham» , ─ deya yozadi u.
Plagiatlikning badiiy adabiyotga ham yot emasligini maqola muallifi turk adibi Aziz Nesin
voqeasi bilan isbotlaydi.
«Mashhur turk adibi Aziz nesin «Romanimni qanday chiqardim?» hajviy hikoyasida
plagiatning antiqa turi haqida yozadi: hikoya qahramoni asarini qaysi tahririyatga olib bormasin, bir
xil javob oladi: «Original asarlarni xalqimiz uncha yoqtirmaydi!» «Biz faqat tarjima
romanlarnigina chop etamiz» . Oxiri u o‘z romaniga «amerikalik muallif» ni o‘ylab topib, undagi
barcha turkcha nomlarni amerikachasi bilan almashtirib chiqadi. Diqqat bilan Amerika xaritasini
o‘rganadi, kitobdagi barcha jug‘rofiy nomlarni ham amerikacha joy nomlariga o‘zgartiradi. So‘ng
uni tarjima sifatida tahririyatga taqdim etadi. Ishi o‘ngidan keladi: «Fransuz, nemis va boshqa chet
ellik adiblar hikoyalarini olib, ulardagi Jonsonlarni Ahmadlarga, Martalarni Fotimalarga
almashtirib, so‘ng muqovasiga o‘z ism-shariflarini qo‘yib jurnallarga topshirayotgan yurtdosh
hamkasblarim kam deb o‘ylaysizmi? Men ular foydalangan
usulning teskarisini qilsam, gunoh
bo‘larmidi?»
Ba'zi o‘zbekcha badiiy matnlarni xorij adabiyoti kitoblari bilan qiyoslasak, hozirgi o‘zbek
adabiy jarayonida ham xuddi shunday «Martalarni Fotimalarga almashtirish» holatlariga duch
kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Bundan ko‘ra, o‘zlariga yoqqan xorijlik adibning asarini
qoyilmaqom qilib o‘zbek tiliga o‘girishsa, ko‘proq savob bo‘lmasmidi?...
20
Ma'lumot uchun, amaldagi qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita «plagiat» atamasi
qo‘llanilmasa-da, mualliflik huquqlarining buzilishi uchun aniq javobgarlik choralari nazarda
tutilgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 149-moddasiga ko‘ra, tafakkur
mulki obektiga nisbatan
mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk
obektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e'lon qilingunga
qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan
yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
2013 yil 31 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «Fan doktori ilmiy
darajasini berish tartibi
to‘g‘risida» gi Nizomning 15-bandiga ko‘ra, «Talabgor o‘z dissertatsiyasida foydalangan
materiallar manbaini, ularning muallifi va nomini to‘liq ko‘rsatishi lozim. Talabgor dissertatsiyada
ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalangan
taqdirda, buni dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etishi shart» .
Kim xabardor, kim bexabar, lekin «beozor jinoyat» dek ko‘ringan plagiat ham javobgarlikka
tortiladi. Bu qonunda belgilangan. Faqat hamma yoqda urchib ketayotgan plagiatlarni xolisona
aniqlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kerak.
Test topshiriqlari.
1.”Masofaviy o’qitish” atamasi dastlab qayerda va qachon qo’llanilgan?
A) 1982-yilda Amerika universitetlarida;
B) 1892-yilda Viskon shtati universitetida;
C) 1895-yilda Garvard universitetida;
D) 1892-1895- yillarda kelib chiqqan.
2. Uniwork tizimi- nima?
A) Professor-o‘qituvchilar va talabalarning umumiy metodik va ilmiy faoliyati, ta’lim
jarayonini nazorat qiluvchi ta’limiy tizimdir.
B) Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatini avtomatlashtirish hisobiga
maʼmuriy
xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi.
C) Kurslarni boshqarish tizimi, shuningdek, o‘qishni boshqarish tizimi yoki virtual o‘quv
muhiti sifatida ham tushuntiriladi.
D) Professor-o‘qituvchilar va talabalarning umumiy metodik va ilmiy faoliyati.
3. HEMIS bu-
A) Professor-o‘qituvchilar va talabalarning umumiy metodik va ilmiy faoliyati, ta’lim
jarayonini nazorat qiluvchi ta’limiy tizimdir.
B) Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatini avtomatlashtirish hisobiga
maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi.
C) Kurslarni boshqarish tizimi, shuningdek, o‘qishni boshqarish tizimi yoki virtual o‘quv
muhiti sifatida ham tushuntiriladi.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
4.
Dostları ilə paylaş: