Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)


Kompyuter grafikasi, uning turlari va asosiy tushunchalar



Yüklə 10,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/50
tarix18.09.2023
ölçüsü10,45 Mb.
#145258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Kompyuter grafikasi, uning turlari va asosiy tushunchalar 
Kompyuter grafikasi 
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, 
shuningdek, grafik ob‟ektlar va fayllarda bo‟lgan nografik ob‟ektlar o‟rtasida 
bog‟lanish o‟rnatishni informatikada 
kompyuter grafikasi 
deb ataladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‟zida 
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni 
hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi 
loyihalarni yaratish ko‟zda to‟tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini 
beradi. 
Kompyuter grafikasi mustaqil yo‟nalish sifatida XX asrning 60-yillarida 
paydo bo‟ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‟sha paytda 
kesmalar yordamida chizish, ko‟rinmas chiziqlarni o‟chirish, murakkab sirtlarni 
akslantirish 
usullari, 
soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish 
tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo‟nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani 
rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‟naltirilgan edi. 70-
yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va 


 

ob`ektlarni o‟rganishga qaratildi. Bu yo‟nalish uch o‟lchovli grafika (3D) nomi 
bilan ataladi. Uch o‟lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch 
o‟lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini 
talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini 
modellashtirish bilan bog‟lik masalalarning paydo bulishi uch o‟lchovli grafikaga 
bo‟lgan ehtiyojni yanada oshirdi. 
90-yillarda kompyuter grafikasining qo‟llanish sohalari ancha kengaydi, 
ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter 
grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‟liq bo‟lmagan 
mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi 
yo‟nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini 
ishlab chiqishga bag‟ishlangan. Bu tamoyillarga ko‟ra tasvirlarni bevosita kuzatish 
yoki optik qurilmalar yordamida ro‟yxatga olish imkoniyati mavjud bo‟lishi kerak. 
Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda 
paydo bo‟ldi. Kompyuterlar funktsional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter 
grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta`minlovchi 
tizimlar ham yaratilishiga olib keldi.

Yüklə 10,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin