10
fototasvir va illyustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski,
JPEG ranglarning tiniqligini qo‟llamaydi, bu esa uning qo‟llanish sohasini
kamaytiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‟zining
rivojlanishini
davom
ettirmoqda,
ya`ni
grafikaning
yuklash
jarayonini
osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang‟ich
tasvir variantlarini ko‟rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab
chiqilgan.
JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm
o‟rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir,
keyin esa uning ustiga to‟liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG
grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish
uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati bo‟lib Deflate zichlashtirish
algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik
tomonlarini o‟zida mujassamlashtirgan.
TIF
grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun
ishlab chiqilgan bo‟lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini anglatadi. Bu grafik
format etarlicha murakkab bo‟lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning
qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli
ma`lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‟pgina format fayllari
singari uning boshlang‟ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir
parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar
mavjud bo‟lib ularning qo‟llanilishi ko‟pgina qo‟shimcha funktsiyalarni tashkil
etish imkoniyatini beradi.
PCX
grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush,
hamda PhotoFinish dasturlarida qo‟llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va
ranglar palitra hajmi bo‟yicha chegaralangan bo‟lishiga qaramasdan yaqin
vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP
grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha
katta bo‟lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun
xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo‟llaniladi.
Dostları ilə paylaş: