www.ziyouz.com
kutubxonasi
94
omonat; 2) o‘zi va odamlar orasidagi omonat. Alloh va o‘zi orasidagi omonat Alloh taolo
o‘z bandalariga farz qilib bergan farzlaridir. Bu omonat Alloh omonatidir. Bu omonatni
o‘z vaqtida ado qilishlik vojib bo‘ladi. Ammo odamlar va o‘zi orasidagi omonat, bu unga
kishi moliga, so‘ziga va boshqa narsalarga omonat berishligi, so‘ngra uning omonatiga
vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi.
4. “Farjlaringizni saqlangizlar”, buni saqlashlik ikki xil bo‘ladi: 1) farjini harom va
shubhadan saqlamoqligi; 2) unga birovning ko‘zi tushmasligi.
201. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh qarovchiga va qaralganga la’nat
o‘qiydi”. Bas, qazoi hojat vaqtida va istinjo vaqtida qarashlari mumkin bo‘lmaydigan
narsalarga erkak va ayollarning ko‘zi tushmasligi uchun muslimga o‘zini ehtiyot qilmog‘i
vojib bo‘ladi.
“Ko‘zlaringizni tiyingizlar”, odamlarning avratlaridan ko‘zlaringizni yerga
qaratmoqliklaringiz va xotinlarga qarashlikdanki, ularga qarashlik halol bo‘lmaydi ham
dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan qarashlikdanki, Alloh taolo aytganidek:
“Siz ko‘zlaringizni (Biz kofirlardan) ayrim toifalarni fitnaga solish uchun
bahramand qilgan – hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang”
(Toho, 131).
“Qo‘llaringizni ushlanglar” so‘zi, ya’ni mollar va boshqa narsalardan, deganidir.
Huzayfa ibn Yamon (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)
zamonlarida bir kalimani aytib, munofiq bo‘lib qolardi. Men u kalimani bir kunda o‘n
marta eshityapman”, ya’ni kishi yolg‘on gapirib yursa, uning munofiqligiga dalil bo‘ladi.
Musulmon kishiga o‘z nafsini munofiqlarning alomatlaridan saqlashi vojib bo‘ladi.
Albatta, kishi yolg‘onchilikka o‘rganib qolsa, Alloh nazdida munofiq deb yoziladi. Unga
o‘zining gunohi va kim unga ergashgan bo‘lsa, ularning ham gunohi bo‘ladi.
202. Sumra ibn Jundub (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.)
bomdod namozini o‘qib bo‘lib, bizga yuzlanib: “Bu kecha kim tush ko‘rdi?” deb so‘rar
edilar. Odamlar nima tush ko‘rsalar, aytib berishardi. Bir kuni bizdan: “Birortangiz tush
ko‘rdingizmi?” deb so‘radilar. Biz: “Yo‘q”, dedik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): “Ammo
men bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, menga, yur,
deyishdi. Men ular bilan yurdim, meni bir tekis yerga olib chiqishdi, bir kishi chalqancha
yotibdi, yana biri boshida tik turibdi. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha
yotgan kishining boshiga urmoqda edi. Men: “Bu kimdir?” deb so‘radim. Ular: “Yurgin,
ketdik”, deyishdi. Yana bir joyga bordik, u yerda bir kishi o‘tiribdi va bir kishi tikka
turibdi. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir chingakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, u
lunjidan chiqarardi. “Changakni sug‘urib olganda, lunji tuzalib qolardi. Tik turgan kishi
o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu qadar to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar ediki, buni
ko‘rib: “Bu nima?”, deb so‘radim. Ular: “Qani, yurgin, ketdik”, deyishdi. Bir joyga
borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng chuqurlik bor ekan. Uning ichidagi alanga
kuchayganda odamlar alanga bilan chuqurdan uchib chiqib ketay deyishar, alanga
pasaygan vaqtda alanga bilan yana chuqur tubiga tushib ketardi. O‘tda kuyayotganlar
orasida yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bor edi. “Bular kimlar?” deb so‘radim.
Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Yura-yura qonga o‘xshash qizil daryo bo‘yiga yetib
keldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida esa boshqa bir odam turibdi. Daryodagi
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |