Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Va ayrimlaringiz 
ayrimlaringizni g‘iybat qilmangiz”, keyin bu oyatni tilovat qildi: “(Ey 
Muhammad), mo‘minlarga ay-ting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan)
saqlasinlar”
(Nur, 30). 
Faqih aytadi: Odamlar g‘iybat qiluvchining tavbasidan so‘zlashdilarki, g‘iybat qilgan kishi 
(g‘iybat qilingan) birodaridan ruxsat olmasdan, tavba qilsa, joiz bo‘ladimi?” deb. Ba’zilar: 
“Joiz bo‘ladi”, deyishdi, ba’zilar: “Birodaridan ruxsat olmasa, joiz bo‘lmaydi”, dedilar. Bu 
bizning nazdimizda ikki xildir: 
Birinchi, agar gap g‘iybat qilingan kishiga yetgan bo‘lsa undan ruxsat olib tavba qilmog‘i, 
keyin Allohdan kechirim so‘rashi lozimdir. Agar gap yetmagan bo‘lsa, Alloh taolodan 
mag‘firat so‘ramog‘i va ichida saqlamog‘i, ikkinchi marta g‘iybat qilmaslikka qasd 
qilmog‘i lozim. 
Rivoyat qilinishicha, bir kishi ibn Sirin oldiga kelib: “Men sizni g‘iybat qildim, mening 
masalamni hal qilib bering”, dedi. Ibn Sirin: “Qanday qilib, Alloh taolo harom qilgan 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
101
narsani halol qilaman”, dedi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir banda Allohdan mag‘firat so‘rashi va tavba qilmog‘i, 
g‘iybat qilingandan ruxsat so‘rashiga ishorat qilinyapti. Ammo bu g‘iybat egasiga 
yetmagan bo‘lsa, u Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va tavba qilmog‘i lozimdir. Uning 
qalbi bu bilan shug‘ullanib qolmasligi uchun g‘iybat qilingan kishiga xabar bermaydi. 
Agar g‘iybat qilingan odamda bu xislat bo‘lmasa, bo‘hton bo‘ladi, keyin u uch joyga borib 
tavba qilishligi lozim. 
1. G‘iybat qilgan kishi g‘iybat qilgandagi jamoa o‘rtasiga borib, o‘zining nohaq ekanligini 
va bo‘hton qilganligini tan olib, jamoadan uzr so‘rashi lozim. 
2. Bo‘hton qilgan kishi, bo‘hton qilingan kishi oldiga borib, o‘z xatolarini tan olib, 
gunohidan o‘tishini so‘rashi lozim. 
3. Alloh taolodan mag‘firat so‘rab, tavba qilmoqligi lozim. 
Gunohlarning ichida bo‘htondan kattarog‘i yo‘qdir. Chunki boshqa gunohlar birgina 
tavbaga muhtoj bo‘lsa, bo‘hton uch joyda tavbaga muhtoj bo‘ladi. Alloh taolo bo‘htonni 
kufrga yaqin qildi. Aytdiki: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin