www.ziyouz.com kutubxonasi
103
XVII bob. G‘iybat bobi hadislari 1. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat nima ekanini bilasizlarmi?” Sahih*. Muslim (2589/4).
2. Ibn Abu Najih. “Bir pakana xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kirdi...” Sahih*. Ahmad (206,189/6) va Ibn Abu Dunyo, “Al-g‘iyba va
namiyma” (73, 68).
3. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir qavm...” Sahih*. Ahmad (224/3) va Abu Dovud (4778), Ibn Abu Dunyo,
“As-samtu” (165).
4. “Bir kuni otamdan ushbu hikoyatni aytayotganlarini eshitdim...” Abu ibn Hamid Ikrimadan rivoyat qilingan va “Ad-durrul Mansur” (572,
571/7).
5.Jobir ibn Abdulloh. “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq hidli shamol esib qoldi...” Zaif*. Ahmad (351/3) va Buxoriy, “Al-adabul
mufrad” (734). Ibn Abu Dunyo, “As-samtu” (216).
6. Sudiy. “Salmon Forsiy odamlar bilan safarda edi...” Zaif*.
7. Ibn Abbos. “Ushbu “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin” oyati borasida aytdilar...” Zaif*. Hofiz, “Al-kashshof” (374/4).
8. Anas ibn Molik. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Fojirda bir narsalarni zikr qilinglar...” Mavzu’*. Uqayliy (72), Ibn Hibbon, “Al-majruhiyn”
(220/1). Ibn Adiy (173/2) va “Az-zaifatu” (583) ga qarang.
XVIII BOB. CHAQIMCHILIK 213. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.): “Chaqimchilar
jannatga kirmaydilar”, deganini eshitganman.
214. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: “Sizlar
yomonlaringizni bilasizlarmi?” Sahobalar javob qilishdiki: “Alloh va Rasuli bilguvchidir”.
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarning yomonlaringiz ikkiyuzlamachi kishidir. Bularga bir
yuzi va boshqalarga ikkinchi yuzi bilan keladi.
215. Ibn Abbos, ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) ikki
yangi qabrning oldidan o‘tib qoldilar, aytdilarki: “Ikkisi ham azoblanyapti, ularning
gunohlari katta emas, birinchi kishi siydikdan saqlanmasdi, ikkinchi kishi esa
chaqimchilik qilar edi”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) bir daraxtdan ho‘l novdani oldilar va
ul novdani ikkiga bo‘lib, ikkala azoblanayotgan marhumlar qabriga suqib qo‘ydilar.
Shunda sahobalar Rasulullohga (s.a.v.) savol qildilar: “Yo Rasululloh, nima sababki, siz
bu ho‘l novdani ikkiga bo‘lib, ikki qabrga suqdingiz?” Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar:
“Shoyadki, bu ho‘l novdalar qurib bitguncha, ikkalasiga yengillik berilsa”.
Faqih aytdiki: “Katta gunohlarda azoblanmayapti”, degan so‘zning ma’nosi sizlar uchun
katta gunoh emas, lekin Alloh nazdida bu ulug‘ gunohlardandir. Abu Hurayra zikr qilgan
rivoyatda ham: “Alloh nazdida odamlarning yomoni chaqimchidir”, deyilganidan bilib
olsa bo‘ladi.
Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilgan hadisda aytildi: “Chaqimchi jannatga
kirmaydi”. Jannatga kirmaydigan bo‘lsa, boradigan joyi faqat jahannamdir. Bunday
kishilar Allohga tavba qilmoqlari lozimdir. Tavba qilmasa, o‘lgandan keyin qabr azobini
tortishi muqarrardir, dunyoda xordir, qiyomat kunida do‘zax o‘tida yonadi. Ular Allohning
rahmatidan noumiddir. Tirik paytida qilgan gunohlari uchun Allohga tavba-tazarru’, qilsa
Alloh tavbasini qabul qilgay.
216. Hasan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.): “Odamlarning yomoni ikkiyuzlamachidir.
Birovlarning oldiga bir yuzi bilan, boshqalarning oldiga boshqa yuzi bilan boradi”,
dedilar. Yana boshqa bir hadisda aytdilarki: “Kimki ikkiyuzlamachi bo‘lsa, bu dunyoda
uning ikki tili bo‘lsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni olovdan ikkita til qilib qo‘yadi”.
Qatoda aytadi: “Alloh bandalari ichida yomoni ko‘p ta’nachi, ko‘p la’natlovchi va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy