«Albatta, U zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl, 23). Shundan so‘ng, ular bilan birga shu
nonni yedi va ularga: «Sizlarning aytganlaringizga javob berdim, endi menga ham javob
beringizlar», dedi. Keyin (miskinlar) u kishi bilan birga borishdi. Manzilga yetgandan
keyin, cho‘risiga: «Nima g‘amlab qo‘ygan bo‘lsang, chiqargin», dedi. Cho‘ri xotin hamma
narsalardan chiqardi. Ular yedi. Hazrati Husayn ham ular bilan birga yedi. Qolgan
narsalarni ularga ko‘tartirib berib yubordi.
229. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi:
«Uch kimsaga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi va ularga qaramaydi. Ularga
qattiq, alamli azob bo‘ladi: ular – zino qiluvchi keksa kishi; yolg‘onchi podshoh; kibrli
faqir kishilardir».
230. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi:
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Menga jannatga birinchi kirguvchi uch toifa ko‘rsatildi va
do‘zaxga birinchi kirguvchilarning uch nafari ko‘rsatildi. Jannatga birinchi kirguvchilar:
shahidlar, qulligi Rabbisiga itoat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul, ko‘p bolalik kambag‘al
kishi. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradiganlar: zolim podshoh, molidan zakot bermaydigan
boy kishi, mutakabbir faqir».
231. «Albatta, Alloh taolo uch nafar kishilarga g‘azab qiladi, lekin uch kishini yanada
qattiqroq yomon ko‘radi:
Birinchisi, fosiqni yomon ko‘radi, fosiq cholni undan ham yomon ko‘radi.
Ikkinchisi, mutakabbirni yomon ko‘radi va faqir bo‘lgan mutakabbirni qattiqroq yomon
ko‘radi.
Uchinchisi, baxillarni yomon ko‘radi, boy bo‘lib baxillik qilganni qattiqroq yomon ko‘radi.
Alloh uch nafar kishini yaxshi ko‘radi va uning yaxshi ko‘rishi uch kishi uchun yanada
qattiqroqdir.
Birinchisi, taqvodorlarni yaxshi ko‘radi, taqvoli yoshlarni ko‘proq yaxshi ko‘radi.
Ikkinchisi, saxiylarni yaxshi ko‘radi, faqir saxiylarni ko‘proq yaxshi ko‘radi.
Uchinchisi, tavozu’li bo‘lgan kishilarni yaxshi ko‘radi, Boy bo‘lib tavozu’li bo‘lganlarni
undan ham yaxshi ko‘radi».
232. Yahyo ibn Ja’dadan rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Kimning
qalbida misqol zarrasidek kibr bo‘lsa, jannatga kirmaydi». Bir kishi: «Yo Rasulalloh!
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy