www.ziyouz.com kutubxonasi
113
Albatta, kiyimimning pokligi, poyabzalimning bog‘ichi, qamchimning ilgichi meni
o‘ylantiradi, bular kibrdan emasmi?» deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh
taolo go‘zaldir, chiroyli kiyinganlarni va chiroylilarni yaxshi ko‘radi. Bandasiga bergan
ne’matni unda ko‘rmoqlikni yaxshi ko‘radi. Alloh faqirlikni zohir qilguvchini va faqir
bo‘lmay turib, faqirlikni ro‘kach qilguvchini yomon ko‘radi. Lekin kibr haqni inkor qilish,
xalqni e’tiborga olmaslikdir».
233. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: Payg‘ambar aytdilarki: «Kim etigi va
kiyimini tuzatib kiyib, Allohga sajda uchun yuzini chang qilgan bo‘lsa, u kishi kibrdan pok
bo‘libdi».
234. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Kim jundan kiyim kiysa, eshagiga minsa, qo‘yni
sog‘ib bolalari bilan ichsa, miskinlar bilan o‘tirsa, Alloh taolo undan kibrni o‘chiradi».
Zikr qilindi: «Muso alayhissalom Alloh taologa munojot qildi: «Ey Rabbim, Sening
yaratgan xalqing orasida o‘zingga yomonrog‘i qaysidir?» Alloh aytdi: «Ey Muso, kimning
qalbi mutakabbir bo‘lsa, tili qo‘pol bo‘lsa, ikki ko‘zi uyatsiz bo‘lsa va qo‘li baxil bo‘lsa,
xalqimning orasidagi o‘shandaylarni yomon ko‘raman».
Urva ibn Zubayr aytdi: «Tavozu’ (o‘zini past olishlik) sharafli kishilarning ovidir, har bir
ne’matga hasad qilinadi, lekin tavozu’da hasad yo‘q».
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Qanoatning mevasi rohatdir, o‘zini past olishning
mevasi muhabbatdir».
Zikr qilindi: Muhallab ibn Abu Sufra Hajjojning lashkarboshisi edi. Uning oldidan Mutrif
ibn Abdulloh o‘tib qoldi. Muhallab harir kiyimda kerilib yurardi. Mutrif unga: «Ey
Allohning bandasi, bu yurishni Alloh va rasuli yomon ko‘radi», dedi. Muhallab: «Meni
tanimaysanmi?» deb so‘radi. Mutrif: «Ha, bilaman, avvaling iflos nutfa edi, oxiring
sassiq o‘laksadir. Sen ko‘tarib yurgan narsalar axlatdir», dedilar. Shu gapdan keyin
Muhallab bu yurishni tashlagan ekan.
Hakimlardan ba’zi birlari deydilar: «Mo‘minning iftixor qilayotgani Rabbisidir, uning izzati
dini bilandir. Munofiqning faxri hasabidir, uning izzati molidir».
235. Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: «Agar o‘zlarini past olgan kishilarni ko‘rsalaringiz, sizlar ham
o‘zlaringizni past olingizlar. Agar mutakabbirlarni ko‘rsalaringiz, ularga takabburlik
qilingizlar. Albatta, ularga xorlik, sizlarga sadaqa bo‘ladi».
236. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi.
Aytdilar: «Alloh uchun tavozu’da bo‘lgan kishining darajasini Alloh taolo ko‘taradi».
Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tavozu’ning boshi
musulmonlardan uchragan kishiga salom bilan boshlashingdir va majlisda kaerga kelgan
bo‘lsang, o‘sha (bo‘sh) joyga o‘tirmoqlikka rozi bo‘lishingdir, yaxshilik va taqvoni gapirib
yurmoqni yomon ko‘rishingdir».
Faqih aytadi: Biling! Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir. Tavozu’ esa,
payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki, Alloh taolo kofirlarni kibr bilan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy