www.ziyouz.com kutubxonasi
116
239. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Menga yer kalitlari berildi, qul-payg‘ambarlikka yoki
podshoh-payg‘ambarlikka ixtiyor qilindim. Jabroil menga kamtar bo‘lmoqqa ishorat qildi,
qul bo‘l, (dedi). Shundan so‘ng, qul-payg‘ambar bo‘lishni ixtiyor qildim. Va menga o‘sha
berildi. Albatta, men yerdan birinchi chiqadigan bandaman, birinchi bashorat
qiluvchiman».
Ibn Mas’ud aytdi: «Kimki kamtarin bo‘lsa, Alloh taolo uni qiyomat kunida darajasini
baland qilib qo‘yadi, kimki kibr qilsa, Alloh taolo uni qiyomatda darajasini past qilib
qo‘yadi».
240. Qatodadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, bizga zikr qilinadi: «Payg‘ambar (s.a.v.)
aytardilar: «Kimki dunyodan uch narsadan pok ketsa, u jannatga kiradi: kibrdan, taqsim
qilishda ko‘p olishlikdan va qarzdan».
Abdulloh ibn Abu Ja’farning aytishicha: «Hazrati Ali bozorga kirib, ikki xil kiyimlik matoni
olti dirhamga sotib oldi va xizmatchiga aytdi: «Yo Asvad, xohlaganingni tanlagin».
Xizmatchisi yaxshisini tanladi. Hazrati Ali unisini kiydi. U kishining yenglari qo‘llaridan
uzunlik qilib, osilib qoldi. Shunda u kishi xizmatchisiga qaychini olib kelishni buyurdi.
Xizmatchi qaychini olib kelib berdi. U kishi qaychini olib, uzun yenglarini kesib tashladi.
Juma kuni xutba o‘qiganida, o‘sha ikki kiftlari orasida o‘sha ko‘ylakning kesilgan joyidagi
iplarini ko‘rdik. Bir kishining kiyimini uzun qilib yerga osiltirib kiyganlarini ko‘rib: «Ey
falonchi, kiyimingni ko‘targin. Chunki, kiyiming pok bo‘ladi, qalbingni qo‘rquv oladi va
kiyim senga qoladi», dedi.
241.
Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: «Rasulullohning (s.a.v.)
Allohdan rivoyat qilishlaricha, hadisi qudsiyda Alloh aytadi: «Ulug‘lik izorim-dir, kibrlik
ridoimdir. Kim ikkisidan biri ustida Mening bilan tortishsa, uni yonib turgan jahannamga
kirgizaman».
Faqih aytadi: Bu hadisning ma’nosi, ya’ni «ikkalasi mening sifatimdan», degani Qur’onda
kelganidek: