Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


«(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim)



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

«(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim) 
uchun ajr-mukofot so‘ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do‘stlik, 
yaqinliknigina (so‘rayman)» (Sho‘ro, 23); «Mening ajr-mukofotim yolg‘iz 
Allohning zimmasidadir»
(Sa’ba, 47). Shuningdek, olimlar ham payg‘ambarlarga 
ergashmoqliklari va bergan ilmlariga haq olmasliklari lozim bo‘ladi. 
Ammo Iso alayhissalomning so‘zidagi «qahqaha bilan kulishlik» makruhdir. Ushbu 
amallar, axmoqlarninggina amallaridandir. «Kechasi bedor bo‘lmay, yana kunduzi 
uxlashlik», ya’ni kunduzning avvalida uxlashlik, kechasi bedor bo‘lmasdan, bu ham 
ahmoqlikdir. 
248. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kunning avvalida uxlashlik ahmoqlik, o‘rtasida 
uxlashlik xush xulqlilik, kunning oxirida uxlashlik nodonlikdir». 
249. Ibn Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni 
masjidga chiqdilar, qavm gapirib, kulishib turardi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularning oldida 
to‘xtab, salom berdilar va ularga: «Lazzatlarni kesuvchi narsani ko‘p zikr qilinglar», 
dedilar. Bizlar: «Yo Rasulalloh, lazzatlarni kesuvchi narsa nima?» deb so‘radik. «O‘lim», 
dedilar. Shundan keyin, yana bir kuni chiqdilar. Qavm kulishib turgan edi. Ularga salom 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
120
berib: «Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar men bilgan 
narsalarni sizlar bilganingizda edi, albatta, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar», 
dedilar. Shundan so‘ng, yana bir kun masjidga chiqdilar. Qavm kulishib, gapirishib 
turgan edi, ularga salom berib: «Albatta, Islom g‘arib holatda boshlandi va g‘arib 
holatga qaytadi. Qiyomat kunida g‘ariblarga qanday ham yaxshi», dedilar. 
So‘rashdilarki: «Qiyomat kunidagi g‘ariblar kimlar?» deb. «Odamlar buzilib ketgan 
vaqtda ular salohiyat va yaxshilikda bo‘ladilar», dedilar». 
Faqih aytadi: Bizlarga Ishoq ibn Mansur aytadiki: «Xizr alayhissalom Muso 
alayhissalomdan ajralayotgan vaqtda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Menga 
mav’iza qiling», dedilar. Xizr alayhissalom: «Yo Muso, tortishishdan saqlaning, biror 
hojatsiz yuruvchi bo‘lmang, sababsiz kulmang, xato qilgan kishiga xatosini aytib ayb-
lamang», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Xato qilguvchilarning xatosini aytib, ayblamang va 
qilgan xatolaringizga yig‘lang, ey Imron o‘g‘li», degan edilar». 
250. Ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar, balki tabassum 
qilardilar, qaraganlarida ham hammaga barobar qarar edilar». 
Bu xabar tabassum qilishning mubohligiga dalildir. Albatta, qahqaha otib kulishdan 
qaytardilar. Kishi qahqaha otib ozgina kulsa, oxiratda ko‘p yig‘laydi. Endi o‘ylangchi, 
dunyoda ko‘p kulsa, qiyomat kunida uning holi qanday bo‘ladi? Alloh taolo: «Bas, 
o‘zlarining kasb qilgan narsalarini (ya’ni kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda) 
ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!» (Tavba, 82). 
Rabi’ ibn Husayma deydi: Allohning kalomida: «Ozgina kulsinlar» – dunyoda va «ko‘p 
yig‘lasinlar» – oxiratda jahannam o‘tida «qilgan kasblariga jazo bo‘lib», deyilmoqda. 
Hasan Basriy aytdi (roziyallohu anhu): «Ajabo kuluvchidan! Uning orqasida do‘zax! 
Ajabo xursand bo‘luvchidan! Uning orqasida o‘lim!» 
Aytiladiki: «Hasan Basriy kulib turgan yigitni oldidan o‘tdi va unga qarab: «Ey o‘g‘lim, 
sirotdan o‘tdingmi?» dedi. Yigit: «Yo‘q!» deb javob qildi. Yana savol qildi: «Senga 
ravshan bo‘ldimi jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishing?» Yigit: «Yo‘q!» dedi. Hasan Basriy 
so‘radi: «Kulishingga ne sababdir?» 
Bu suhbatdan keyin o‘sha yigitning kulgani ko‘rilmadi. Hasan Basriyning so‘zlari uning 
qalbiga o‘rnashib, kulishdan tavba qilgan ekan». 
Zikr qilinishicha, o‘sha zamonning olimlari shunday edilar. Ular biror mav’izada 
gapirsalar, ularning kalomlari eshituvchiga ta’sir qilardi. Chunki ular ilmlariga amal 
qilardilar, ularning ilmlari boshqalarga ta’sir qilardi. Ammo bizning zamonamiz olimlari 
ilmlariga amal qilmaganidan, boshqalarga ham ilmlari foyda bermaydi. 
Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Kim kulib gunoh qilsa, u 
do‘zaxga yig‘lab kiradi». 
Aytildi: «Odamlarning dunyoda ko‘p kulganlari oxiratda ko‘p yig‘laydilar. Dunyoda ko‘p 
yig‘laganlari jannatda ko‘p kuladilar». 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin