Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


«Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

«Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, 
barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi»
(Kahf, 49) oyati haqida aytdi: «Kichigi
tabassum, kattasi – qahqahadir», ya’ni qahqaha katta gunohlardandir. 
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilindi: «Agar men bilgan narsani bilganlaringizda 
edi, kam kulib, ko‘p yig‘lardingiz. Agar men bilgan narsani bilganla-ringizda edi, 
bellaringiz uzilguncha sajda qilardingiz, ovozingiz o‘chguncha baqirardingiz. Alloh 
taologa yig‘langlar! Agar yig‘lamoqqa qodir bo‘lmasangiz, yig‘lovchiga o‘xshanglar». 
252. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar : «Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z 
yig‘laydi: 
1. Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z. 2. Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan ko‘z. 3. 
Alloh yo‘lida tong ottirgan ko‘z». 
Abu Hanifa aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Men bir marta kulganman, o‘shanga ko‘p 
pushaymonlarim bor. Amr ibn Ubayd Qadariy mutaziliylarining imomi bilan munozara 
qildim. Vaqtiki, g‘alabani sezib, kuldim, menga aytdiki: «Ilmdan gapirib, yana kulasan. 
Senga hech qachon gapirmayman». Men o‘sha ishga pushaymon bo‘ldim. Shu vaqtda 
kulmaganimda edi, uning menga aytgan so‘ziga javob qaytarardim. Bunda olimning 
salohiyati bordir». 
Muhammad ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: «Kim ortiqcha qarashni tark 
qilsa, xushu’ga yetgan bo‘ladi, kim kibrni tashlasa, tavozu’ga yetgan bo‘ladi, ko‘p 
gapirishni tashlasa, hikmatga yetadi. Kim ko‘p ovqat yeyishni tashlasa, ibodatning 
halovati bo‘ladi, kim mazax qilishni tashlasa, yuzi yorug‘ bo‘ladi, kim kulishni tark qilsa, 
haybatga yetgan bo‘ladi, kim rag‘batni tark qilsa, muhabbatga yetgan bo‘ladi. (Ya’ni 
odamlarning mollaridan rag‘bat qilishni tashlasa, odamlar uni yaxshi ko‘radi.) Kim 
josuslikni tark qilsa o‘zining ayblarini isloh qilishga yetadi, kim Allohning sifatlarida 
gumonni tashlasa, shubha va nifoqdan najot topadi». 
253. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taoloning: «Uning tagida ular uchun bir xazina 
bor edi» (Kahf, 82), degan so‘zidagi «xazina» tillodan lavh (taxta) bo‘lib, unda beshta 
satr yozilgan: 
1. O‘limga ishonib, xursand bo‘lib yurgan kishiga ajablandim. 
2. Do‘zaxni bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim. 
3. Qadarga ishonib, yana xafa bo‘ladigan kishiga ajablandim. 
4. Dunyoning ketib qolishini va ahliga kelishini bilib, xotirjam bo‘lgan kishidan 
ajablandim. 
5. La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh – Allohdan boshqa ma’bud yo‘q, Muhammad 
uning elchisidir». 
Sobit Banoniy, Alloh rahmat qilsin, aytdi: «Mo‘minning kulishligi oxirat ishlaridan 
g‘aflatda qolishidandir. Agar undan g‘aflatda bo‘lmaganda edi, hech kulmasdi». 
Yahyo ibn Maoz Roziy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: «Bir xursandchilikni talab qilgin, 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin