www.ziyouz.com kutubxonasi
127
Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga: «Ey Muso, sening men haqimda
Rabbingga borib, shafoat qilganing uchun menda sening haqqing bor. Shunday ekan,
bas, senga uch narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni esda tutgil: Birinchi,
g‘azablangan vaqtingda meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman va qon
yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi, dushmaningni tashlab qochayotganingda,
meni eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga mos kelgan vaqtda kelaman va
unga xotinini, ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman. Hatto, orqasiga qarab
qochguncha. So‘ngra, nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan saqlangin. Chunki
men sening unga va uning senga elchisi bo‘laman»
Luqmon Hakimdan zikr qilindi. Qg‘liga aytdi: «Yo o‘g‘ilginam! Uch narsa uch narsa bilan
birgalikda bilinadi: yumshoqlik – g‘azab kelganda, shijoatlilik – urushga kirganda,
birodarlik – xojat tushganda».
Zikr qilindi: Tobe’inlardan bittalari bir kishining yuziga u kishini maqtabdilar. Haligi kishi:
«Ey Allohning bandasi! Nima uchun meni maqtading? G‘azabim kelganda, meni sinab
ko‘rib, yumshoqligimni topdingmi?» dedi.
Javob qildi: «Yo‘q».
Yana so‘radi: «Safar qilganingda, meni sinab ko‘rib, yaxshi xulqlik holatda topdingmi?»
Javob qildi: «Yo‘q!»
So‘radi: «Omonat berganda, meni sinab ko‘rib, omonatiga sodiq deb topdingmi?»
Javob qildi: «Yo‘q!»
Keyin: «Sening holingga voy bo‘lsin. Birov birovni mana shu uch xislat bilan sinab
ko‘rmaguncha, maqtamasin», dedi.
Aytadilar: «Uch narsa jannat ahlining xulqlaridandir. Ular karim kishilardagina topiladi:
senga zulm qilgan kishini afv qilmoq; seni biror narsadan mahrum qilgan kishiga bermoq
va senga yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilmoq».
Alloh taolo aytdi:
«(Ey Muhammad!) Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof, 199).
260. Rivoyat qilindi: Ushbu oyat tushganda Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: «Ey Jabroil, bu oyatning tafsiri nimadir?»
Jabroil aytdi: «Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga uzilgan kishingiz bilan
bog‘lanishingizni, sizni bir narsalardan mahrum qilgan kishiga biror narsa
bermoqligingizni va sizga zulm qilganni afv qilmog‘ingizni buyurdi», dedi.
261. Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida Payg‘ambar
(s.a.v.) o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ham, Abu Bakr ham jim o‘tirib edilar, haligi
odam Abu Bakrni so‘kishdan to‘xtagandan keyin, Abu Bakr unga gapirib qoldi. Shunda
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘rinlaridan turib ketdilar. Abu Bakr Siddiq u kishini topib: «Ey
Allohning elchisi, meni so‘kkanda o‘tirgan edingiz, men gapirganimda nima uchun turib
ketdingiz?» deb so‘radi.
Payg‘ambar (s.a.v.) javob qildilarki: «U sizni so‘kayotganda, farishta unga javob
qaytarib turgan edi. Ana shu holatda o‘tirgan edim, keyin siz unga gapirdingiz, farishta
ketdi, farishtaning o‘rniga shayton o‘tirdi. Men shayton o‘tirgan joyda o‘tirishni o‘zimga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy