www.ziyouz.com kutubxonasi
125
Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilindi: U kishining cho‘risi sho‘rvani keltirayotib, bir
narsaga qoqilib, sho‘rvani u kishining ustiga to‘kib yubordi. Maymun uni urmoqchi bo‘ldi.
Joriya: «Ey xo‘jayin, Allohning «va g‘azablarini ichlariga yutadigan...» degan so‘ziga
amal qilgin», dedi. Aytdi: «Shunday qildim». Cho‘ri: «Va odamlardan kechiruvchilar»,
degan oyatga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Kechirdim». Cho‘ri: «Alloh
muhsinlarni sevguvchidir», oyatiga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Sen o‘zingga
yaxshilik qilding, sen Alloh yo‘lida ozodsan».
259. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Kimda uch xislat bo‘lmasa, imon mazasini
topmaydi. Halimlik – u bilan johilning johilligini qaytaradi. Taqvodorlik – u harom
narsalardan saqlaydi. Xulqlilik – u bilan odamlar bilan muomala qilinadi».
Oldin o‘tgan kishilarning biridan zikr qilindi: «U kishida bir ot bor edi. U kishi otini ko‘p
yaxshi ko‘rardi. Bir kuni kelib, oti uch oyoqli bo‘lib qolganini ko‘rdi. G‘ulomidan so‘radi:
«Bu ishni kim qildi?» G‘ulom: «Men», dedi. Xo‘jayini: «Nima uchun?» dedi. G‘ulom:
«Seni g‘amga solmoqchi edim», dedi. Xo‘jayin: «Albatta, seni bu ishga buyurgandan
(ya’ni, shaytondan) ranjidim. Endi ketavergin, sen ozodsan, ot ham senga», dedi.
Faqih aytadi. «Mo‘min kishi halim, sabr qilguvchi bo‘lmog‘i lozim. Albatta, bu
taqvodorlarning xislatlaridandir. Alloh taolo halim kishini o‘z kitobida maqtadi.
«Albatta, kim sabr qilsa va kechirib yuborsa», ya’ni kimki o‘ziga yetgan zulmga sabr
qilsa va intiqom olmay Alloh uchun kechirib yuborsa,
«Shak-shubhasiz bu ishlarning maqsadiga muvofig‘idir» (Sho‘ro, 43). Ya’ni, ishlarning haqlaridanki, uning qilguvchisi
qilgan ishida ulug‘ savobga erishadi.
Boshqa oyatda aytiladi:
«Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas» , ya’ni yaxshi
so‘z bilan yomon so‘z barobar bo‘lmaydi. Musulmon uchun yaxshi so‘zni yomon so‘z
bilan mukofotlash lozim bo‘lmaydi. «Siz eng go‘zal so‘zlar bilan daf qiling», ya’ni yomon
so‘zlarni yaxshi so‘zlar bilan ketkazing.