www.ziyouz.com kutubxonasi
128
yomon deb bilib, u yerdan ketdim», dedilar. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Uch
narsa Alloh taoloning haqqidandir: birovdan zulm ko‘rib, mazlum bo‘lgan kishi zulm
qilgan kishini Alloh roziligi uchun kechirsa, Alloh taolo o‘sha kechirganligi uchun unga
izzatni ziyoda qilib qo‘yadi. Banda ko‘p mol bo‘lishini xohlab, so‘rashlik eshigini ochsa,
Alloh taolo unga kamchilikni ziyoda qilib qo‘yadi. Bir banda Alloh taolo roziligini istab,
birovga biron narsa bersa, bergan narsasi uchun unga ko‘plikni ziyoda qilib qo‘yadi».
262. Ibn Abbosdan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: «Har bir narsaning sharafi bordir. Masjidlar sharafi qibla tomonga
qarab o‘tirmoqlikdir. O‘tirganda ham tinchlik bilan o‘tirmoqlikdir. Tahoratsiz va
uxlayotgan kishining orqasidan namoz o‘qimangizlar. Namozdagi vaqtingizda ham
chayon bilan ilonni o‘ldiringizlar. Devorni kiyimlar bilan bekitmangizlar. Kim bi-rodarining
xatiga ruxsatsiz qarasa, do‘zaxga qaragan kabidir. Kim odamlarning kuchlirog‘i bo‘lishni
yaxshi ko‘rsa, Allohga tavakkul qilsin. Kim odamlarning hurmatlirog‘i bo‘lishni yaxshi
ko‘rsa, Alloh taologa taqvo qilsin. Kim odamlarning boyrog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa,
Allohning qo‘lidagi narsani o‘zining qo‘lidagi narsadan ishonchliroq bilsin».
Keyin aytdilar: «Yomonlaringizning xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha, ey Allohning
rasuli», dedilar. Aytdilar: «Kim o‘zi yolg‘iz ovqatlansa, yordamini man’ qilsa, qulini
kaltaklasa, o‘sha odam yomonlaringizdir».
Keyin: «Bundan ham yomonining xabarini berayinmi?» dedilar. «Ha, ey Allohning
elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Insonlarga g‘azab qiladigan va insonlar unga g‘azab
qiladigan kishidir».
Keyin: «Bundan yomonining xabarini berayinmi?» dedilar.
«Ha, Rasululloh», deyishdi.
Aytdilar: «Hojatmandga yordam bermaydigan, uzrni qabul qilmaydigan, gunohni
kechirmaydigan kishilardir».
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bundan ham yomonrog‘ining xabarini berayinmi?»
Sahobalar: «Ha!» deyishdi.
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Yaxshiligidan umid qilinmaydigan va yomonligidan omon
bo‘linmaydigan kishilardir». Yana dediki: «Iso alayhissalom Bani Isroil oldilarida turdilar.
Va dedilarki: «Ey Bani Isroil! Johillar oldida hikmat bilan gapirmanglar, hikmatga zulm
qilib qo‘yasizlar, hikmatni hikmat ahlidan man’ qilmangizlar. Ularga zulm qilib
qo‘yasizlar. Rabbilaringiz oldida fazilatlaringizni botil qiladi. Ey Bani Isroil! Ishlar uch
xildir: birinchisi, uning to‘g‘ri yo‘l ekanligi ravshan bo‘lgan ishdir, unga ergashinglar,
ikkinchisi, xatosi zohir bo‘lgan ish, undan qochinglar, uchinchisi, bir ishki, unda ixtilof
qilinsa, uni Allohga va Payg‘ambariga qaytaringlar».
Ba’zilari aytdilar: «Zuhd dunyoda to‘rt xildir:
1. Dunyo va oxirat ishida Alloh va’da qilgan narsaga ishonish.
2. Xalqning maqtovi va yomonlamog‘i uning nazdida bir xil bo‘lmog‘i.
3. Amalida ixlos qilmog‘i.
4. Unga zulm qilgan kishidan gunohini o‘tib yuborishi, qo‘l ostida ishlaydiganga g‘azab
qilmasligi, yumshoq va sabrli bo‘lmog‘i».
Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Bir kishi u kishining oldilariga
kelib, menga kalimalardan o‘rgatginki, Alloh taolo shulardan foyda bersin», dedi. Abu
Dardo: «Men senga Alloh taoloning ulug‘ darajadagi savobiga yetadigan kalimalarni
tavsiya qilaman. Nima yesang, toza, halolidan yegin, Alloh taolodan rizqingni kunma-