Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
190
(jannatga) yetmaysiz"
(Oli Imron, 92). "Agar kishida (yaxshi ko‘rgani) bo‘lmasa-chi?"
deb so‘rashdi. "Molining ortiqchasidan sadaqa qiladi", dedilar. "Agar unda mol bo‘lmasa-
chi?" deb so‘rashdi. "Taomining ozginasidan sadaqa qiladi", dedilar.
"U ham bo‘lmasa-chi?"
"Quvvati bilan yordam beradi".
"Quvvati bo‘lmasa-chi?"
"Agar yarimta xurmo berib bo‘lsa ham, do‘zaxdan saqlaninglar".
"Buni ham qilolmasa-chi?"
"O‘zini tiysin, odamlarga zulm qilmasin".
435. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar (s.a.v.): Quyosh chiqqanida ikki tomonga
nido qilish uchun ikkita farishta yuboriladi. Ularning nidolarini insonlar va jinlardan
boshqa hamma yer ahli eshitadilar: "Ey odamlar! Parvardigoringizga kelinglar, albatta,
ozgina bo‘lib, kifoya qilgan mol ko‘p bo‘lib, mashg‘ul qilib qo‘ygan moldan yaxshidir".
Ikki farishta yana nido qilib: "Ey
Parvardigor, infoq qilgan kishining moli o‘rniga molni
tezroq ber va mumsikning molini tezroq halok qil", deb aytadi", dedilar.
436. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
bir kuni Ka’baning yopinchig‘iga osilib turgan bir kishining oldidan o‘tdilar. U odam:
"Sendan bu uyning hurmati bilan so‘raymanki, gunohlarimni kechir", der edi. Shunda
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Allohning bandasi! O‘zingning
hurmating bilan so‘ra, chunki mo‘minning hurmati
Alloh nazdida Baytullohning
hurmatidan ulug‘dir". "Ey Allohning rasuli, – dedi u, – mening katta gunohim bor".
Rasululloh: "Nima gunoh?" deb so‘radilar. "Mening molim ko‘p edi. Qo‘y-mollarim ham,
otlarim ham ko‘p edi. Lekin bir kishi biron bir narsa so‘rasa, go‘yoki yuzimdan olov
chiqib ketardi", dedi u. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey fosiq, ket
oldimdan, o‘ting bilan meni ham yondirma. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar
ming yil ro‘za tutsang va ming yil namoz o‘qisang ham, xasis bo‘lib o‘lsang,
Alloh taolo
seni do‘zaxga uloqtiradi. Xasislik kufrdan, kufr esa do‘zaxda ekanini, saxovat imondan
va imon jannatda ekanini bilmaysanmi?!"
437. Oyisha onamiz (roziyallohu anho) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qiladilar. U zot aytdilar: "Saxiylik
daraxtdir, uning ildizi jannatda va shoxlari dunyoga
tushgan, kim uning shoxlaridan birini ushlasa, jannatga yetkazadi. Baxillik ham bir
daraxtdir, ildizi do‘zaxda
va shoxlari dunyoga tushgan, kim uning shoxini ushlasa,
do‘zaxga eltadi".
438. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Xasis odam Allohdan uzoq,
jannatdan ham uzoq, odamlardan ham uzoq va do‘zaxga yaqin. Saxiy esa, Allohga,
jannatga
va odamlarga yaqindir, do‘zaxdan uzoqdir".
439. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mollaringizni zakot bilan
qo‘rg‘onlanglar, kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar va balolarni duo bilan qarshi
olinglar".
440. Umarning (r.a.) ozod qilgan qullari Abdurahmon Salmoniydan rivoyat qilinadi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sadaqa so‘rovchi o‘zi so‘zidan
to‘xtamagunicha bo‘lib qo‘ymanglar. Keyin unga viqor va yumshoqlik bilan javob
qaytaringlar yo yengilgina narsa bilan yoki yaxshi so‘z bilan qaytaringlar".