Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
193
5. Sadaqada molning barakasi va rizqning keng bo‘lishi bor. Alloh taolo aytgandek:
"Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, Alloh uni to‘ldirur"
(Saba’, 39).
Oxiratdagi beshta xislat:
1. Sadaqa qattiq issiqda egasiga soya bo‘ladi.
2. Sadaqa qilganning hisob yengil kechadi.
3. Sadaqa amallarni mezonda og‘ir qiladi.
4. Sirotdan o‘tishga ruxsatnoma.
5. Jannatdagi darajalarni ziyoda etadi.
Agar sadaqada miskinlarning duosidan boshqa fazilat bo‘lmaganda ham, oqil kishi unga
rag‘bat qilmog‘i vojib bo‘lardi. Endi unda Allohning roziligiyu shaytonning g‘azabi bo‘lsa,
qanday qilib rag‘bat etmasin.
449. "Kishi yetmishta shaytonning soqolini bo‘shatmaguncha sadaqa qilishga qodir
bo‘lolmaydi".
Bu ishda solihlarga ergashish bor. Chunki solihlar sadaqa qilishga qattiq e’tibor
berar
edilar.
Faqih aytadilar: Ummu Zarr (r.a.) Oyisha onamizning (r.a.) oldilariga kirib turardilar. U
zot aytadilar: "Bir kuni Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) Oyishaga ikki qopchada bir yuz sakson
ming dirham yubordilar. Shu kuni Oyisha ro‘zador edilar. Keyin odamlarga tarqata
boshladilar. Kechqurungacha oldilarida dirhamdan hech narsa qolmadi. Kech kirgach:
"Ey joriya, iftorligimni keltir", dedilar. Joriya non bilan yog‘ keltirdi. Oyisha (r.a.):
"Dirhamlarni bo‘layotib o‘zimizga ham olib qolganingda bir dirhamga go‘sht olardik",
dedilar. Joriya aytdi: "Meni koyimang,
agar eslatganingizda edi, shunday qilardim".
Urva ibn Zubayr aytadilar: "Men Oyisha onamizning (r.a.) yetmish ming dirham sadaqa
qilganlarini ko‘rdim. Ko‘ylaklarining yoni esa yamoqli edi".
Zikr qilinishicha, Abdul ibn Hasanga ellik ming dirham meros qoldi.
Shunda birodarlariga
bir hamyonni yuborib aytdiki: "Birodarlarimga jannat so‘rar edim, endi qanday qilib
ulardan dunyoni qizg‘anayin".
Xabarda zikr qilinadi: Bir xotin Hasson ibn Abu Sinonning oldiga kelib,
biron narsa
berishini so‘radi. U kishi xotinga qaradi, u g‘oyat chiroyli edi. "Ey g‘ulom, unga to‘rt yuz
dirham bergin", dedi. Unga: "Ey Allohning bandasi, bu xotin sendan bir dirham so‘radi,
sen esa to‘rt yuz dirham berding", deyishdi. Hasson aytdi: "Uning chiroyini ko‘rib, u
qiynalib
qolganda, gunohga kirib ketishidan qo‘rqdim va uning behojat bo‘lmog‘ini
xohladim. Shoyad shunda biror kishi unga rag‘bat qilib nikohiga olsa".
Xabarda keladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan biriga qo‘yning
boshini hadya qildilar. U sahobiy falonchi birodarim mendan ko‘ra muhtojroq, deb haligi
narsani unga yubordi. Keyin unisi ham xuddi shunday o‘ylab, boshqa kishiga yubordi.
Shunday qilib,
bu narsa yetti uyni aylanib, birinchi kishinikiga qaytdi. So‘ngra ushbu
oyat tushgan ekan:
Dostları ilə paylaş: