“Agar Allohga ibodat etuvchi bo‘lsangizlar, U zotning ne’matlariga shukr qilinglar!” (Nahl, 114-oyat). Allohning ne’matlari ko‘p: salomatlik, farzand, boylik...
Ne’matlarning eng ulug‘i Islom ne’matidir. Alloh kitobida aytadi:
“Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar” (Nahl, 18-oyat);
10) haloldan yeyish. Alloh taolo bu haqda aytadi:
“Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar” (Baqara, 57-oyat), ya’ni, halol
yenglar.
__________________
Kishining qanday tong ottirishi to‘g‘risidagi bob hadislari 918-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan.
SAKSON BESHINCHI BOB TAFAKKUR QILISH 919. Faqih Abu Lays Samarqandiy Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladilar: “Ibn Umar va
Ubayd ibn Umayr bilan birga Oyishaning (r.a.) oldiga kirdik. Hammamiz salom berdik.
Oyisha: “Ular kim?” deb so‘radilar. “Abdulloh ibn Umar, Ubayd ibn Umayr”, dedik.
Onamiz aytdilar: “Xush kelibsiz, ey Ubayd ibn Umayr, nima uchun bizni ziyorat qilmay
qo‘ydingiz?” Ubayd aytdilar: “Kam ziyorat qil, sevgi ziyoda bo‘ladi, deyishadi”. Ibn Umar
so‘ngra: “Bu gaplarni qo‘yib turaylik, bizga Payg‘ambardan (s.a.v.) ko‘rgan ajoyib
narsalaringizni gapirib bering”, dedilar. Oyisha onamiz aytdilar: “U kishining hamma
ishlari ajoyib edi. Bir kechasi mening oldimga keldilar va to‘shagimga kirdilar, hatto
badanlari badanimga tegdi. So‘ngra aytdilar: “Ey Oyisha, Rabbimga ibodat qilishimga
ruxsat berasanmi?” “Allohga qasamki, sizga yaqin bo‘lishni hamda siz hohlagan narsani
yaxshi ko‘raman”, dedim. So‘ng o‘rinlaridan turib, tahorat qildilar. Keyin qiyomda turib
yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari ko‘kraklariga tushdi. So‘ng o‘ng taraflariga suyanib, o‘ng
qo‘llarini o‘ng yuziga qo‘ydilar. Yana yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ko‘z yoshlari yerga
tushganini ko‘rdim. Bir ozdan keyin bomdodga azon chaqirgani Bilol keldi. Bilolni ko‘rib
ham yig‘layverdilar. Bilol: “Ey Rasululloh, nimaga yig‘layapsiz? Alloh sizning oldingi va
keyingi gunohlaringizni kechirgan-ku?!” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Bilol!
Shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi? Nima uchun yig‘lamay, bu kecha ushbu oyat tushdi”,
dedilar va: