Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
345
qilsang, albatta, Sen o‘zing qudrat hikmat egasidirsan”
(Moida, 118)oyatini
subhgacha takrorlab yig‘ladilar”.
Xabarlarda kelishicha, Dovud (alayhissalom) bir gunoh qo‘yib,
keyin ichimlik ichsalar,
uni yarmi ko‘z yoshi bilan aralashgan bo‘lar edi.
Bahz ibn Hakim aytadilar: “Biz bilan birga Zirora ibn Ubay Avfiy namoz o‘qidi. So‘ng
“Qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganda”
(Muddassir, 8) oyatini tilovat qilib vafot etdi”.
Alloh taolo bizni ham shunday rizqlantirsin.
_________________
Oxirat ishlariga qayg‘urish bobi hadislari
912-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
913-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
914-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
915-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Asbahoniy rivoyat qilgan.
916-hadis. Juda zaif. Asbahoniy rivoyat qilgan.
917-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Nasaiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
SAKSON TO‘RTINCHI BOB
KISHINING QANDAY TONG OTTIRISHI TO‘G‘RISIDA
918. Faqih Abu Lays Samarqandiy Mujohiddan rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: “Menga
Abdulloh ibn Umar (r.a.): “Ey Mujohid, ertalab tursang, kechgacha yashayman deb
o‘ylama,
kech qilsang, ertalabgacha umrim bor, deb o‘ylama. O‘limdan oldin
hayotingni, kasal bo‘lmasdan oldin salomatligingni g‘animat bil. Chunki ertaga o‘likmi yo
tirik bo‘lishingni bilmaysan”, dedilar”.
Hakimlardan biri aytadilar: “Agar kishi ertalab tursa, to‘rt narsani niyat qilmog‘i lozim:
1) Alloh unga farz
qilgan narsalarni ado etishni;
2) Alloh qaytargan narsalardan qochishni;
3) muomalada bo‘ladigan kishilarga insof qilishni;
4) o‘zi bilan xusumatchilari orasini isloh qilishni.
Agar mana shu niyatlar bilan tong ottirsa, najot
topishiga, solihlardan bo‘lishiga umid
qilinadi”.
Hakimlarning yana biriga: “Kishi qaysi niyat bilan to‘shakdan turishi kerak”, deb savol
berildi. “Avval qanday yotganiga qaraladi, so‘ng turish haqida so‘raladi. Qanday uxlashni
bilmagan kishi qanday turishni ham bilmaydi”, dedi u. Keyin yana aytdi: “Banda uch
narsani isloh qilmasdan turib uxlamog‘i durust emas:
1. Xusumatchisi bo‘laturib, undan kechirim so‘rab, haqqini halol qilmasdan yotmog‘i
durust bo‘lmaydi. Chunki o‘lim
farishtasi kelib, jonini olsa, Robbiga ro‘baro‘ bo‘lganida
u uchun hujjat yo‘qdir.
2. Alloh taoloning farzlarini qoldirib, uxlamog‘i durust emas.
3. O‘tgan gunohlariga tavba qilmasdan uxlamog‘i ham durust bo‘lmaydi. Chunki kechasi
o‘lim
kelib qolsa, gunohlari bo‘ynida ketadi”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: