Tafakkur qilish bobi hadislari 919-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
920-hadis. Hasan-marfu’. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
921-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan.
922-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
923-hadis. Tahriji avval o‘tgan.
924-hadis. Tahriji avval o‘tgan.
925-hadis.Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
SAKSON OLTINCHI BOB QIYOMAT ALOMATLARI 926. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Huzayfa ibn Yamon (r.a.)
aytdilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib, “Ey Rasululloh, qiyomat qachon
bo‘ladi?” deb so‘radi. Aytdilar: “So‘ralgan kishi so‘rovchidan biluvchiroq emas, lekin
uning alomatlari bor. Bozorlaring kasod bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ammo o‘simlik
unmaydi, ribo yeyish avj oladi, zinodan bo‘lgan bolalar ko‘payadi, boy odamlar
ulug‘lanadi, masjidlarda fosiqlarning ovozlari baland bo‘ladi, munkar ahli haqiqat
ahllaridan ustun keladi”. Keyin: “Ey Rasululloh, menga qanday yo‘l tutishni buyurasiz?”
deb so‘radi hali gi odam. “Diningni olib qoch yoki uyingdan chiqma”, dedilar Nabiy
(s.a.v.)”.
927. Iso ibn Abu Iso Asfahoniy aytadilar: “Rasulullohdan (s.a.v.): “Ey Rasululloh,
qiyomat kuni qachon bo‘ladi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “U narsa haqida so‘ralgan odam
so‘rovchidan biluvchiroq emas. Lekin qiyomatning o‘nta sharti bor: qiyomatga yaqin
qurg‘oqchilik bo‘ladi, fojirlar ko‘payadi, haqni aytuvchilar ojiz bo‘ladi, namoz minnat
bilan qilinadi, zakot talofat hisoblanadi, omonatlar o‘lja qilinadi, qorilar mag‘rur, bolalar
amir bo‘ladi, sultonlar zulm qiladi, xotinlarning so‘ziga yuriladi”.
928. Amr aytadilar: “Madinada uchta kishi Marvonning oldida o‘tirishardi. Shunda u
zotning qiyomat alomatlaridan Dajjolning chiqishi to‘g‘risida gapirayotganini eshitishdi.
Keyin ular u yerdan chiqib, Abdulloh ibn Umarning oldlariga borishdi va Marvon aytgan
gapni so‘zlab berishdi. Abdulloh aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini
eshitganman: “Alomatlarning birinchisi quyoshning g‘arb tomondan yoki yer hayvonining
chiqishi. Bittasi chiqqandan keyin boshqasi ham tezda ro‘y beradi. Quyosh botganda,
arshning tagiga keladi, sajda qiladi va qaytishga izn so‘raydi. Alloh uning mag‘ribdan
chiqishini xohlaydigan kungacha uning uchun izn beradi. Qachon Alloh uni mag‘ribdan
chiqarishni hohlasa, arsh ostiga kelib, sajda qilganidan keyin qaytishga izn so‘raganida,
unga hech qanday javob berilmaydi. So‘ng qayta so‘raydi, yana javob berilmaydi. Keyin
quyosh biladiki, agar endi unga izn berilganda ham, mashriqqa yetolmaydi. “Ey Rabbim,
mashriq naqadar uzoq, mensiz odamlarga nima bo‘ladi?” deydi. Hattoki, kechasi
bo‘lganida, gardish kabi bo‘lib kelib, yana izn so‘raydi. Unga: “Turgan makoningdan
chiq”, deb aytiladi. Keyin Abdulloh ibn Umar ushbu oyatni o‘qidilar: