Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-
ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlar”
(Fussilat, 31-oyat), degan oyatini 
eshitmaganmisan?” 
Hakimlar aytishadi: “Mustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt 
alomat bor: u issiqda erimaydi; sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel 
oqizib ketolmaydi. 
Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa, 
shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson 
yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni 
Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo 
toatidan to‘xtatolmaydi”. 
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib 
bo‘lgandir: 
1. Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi: 
“Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri 
yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga buyurilgandirlar”
(Bayyina, 5-oyat). 
2. Ota-onaga yaxshilik qilish. Alloh taolo aytadi: 
“Sen menga va ota-onangga shukr qil! Yolg‘iz O‘zimizga qaytajaksan!”
(Luqmon, 14-oyat). 
3. Qarindoshchilikni bog‘lash. Alloh taolo bu haqda aytadi: 
“Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi olinadigan Allohdan qo‘rqingiz 
va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz”
(Niso, 1-oyat). 
4. Omonatni ado qilish. Alloh taolo aytadi: 
“Albatta, Alloh taolo sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga buyuradi”
(Niso, 58-oyat). 
5. Gunoh ishlarda hech kimga itoat qilmaslik. Alloh taolo aytadi: 
“Bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik”
(Oli Imron, 64-oyat). 
6. Havoyi nafsi bilan amal qilmaslik. Alloh taolo aytadi: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin