Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
365
Allohning bu haqda so‘zi bor:
“Kofir kimsa: “Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam”, deb qolur”
(Naba’, 40-oyat). So‘ng hamma payg‘ambarlar va ummatlar kelishadi, ular orasida haq
bilan hukm qilinadi. Bas, bir to‘dasi jannatda, bir to‘dasi do‘zaxda bo‘ladi. So‘ng nido
qiluvchi: “Nuh (alayhissalom) qaerda?” deb nido qiladi. U kishini keltirishadi. Alloh
aytadi: “Ey Nuh, risolatni yetkazdingmi, omonatni ado qildingmi?” Aytdilar: “Ha, ey
Allohim, risolatni yetkazib, omonatni ado qildim”. So‘ngra u kishining qavmlarini
keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuhning ummati, Nuhga
sizlarni ixlos kalimasiga
chaqirishni buyurgan edim, sizlarga risolatni yetkazdimi?” “Ey Parvardigorimiz, bizga
bashorat
beruvchi ham, ogohlantiruvchi ham kelmadi”, deydi ular. Alloh taolo aytadi:
“Ey Nuh, ummating seni inkor qilyapti. Sen uchun guvohlik beradigan kishi bormi?” Nuh
alayhissalom aytadilar: “Ha, bu Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) ummati”.
Nido qiluvchi nido qiladi: “Ey odamlar uchun chaqirilgan ummatlarning eng yaxshisi,
ramazon oyida ro‘za tutuvchilar”. So‘ngra ular saflanishadi. Alloh taolo o‘z kitobida
aytganidek,
Dostları ilə paylaş: