Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
367
2. Qarasam, shayton hayot va uzun orzular bilan kelyapti, uni to‘satdan keluvchi o‘lim
xavfi bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu oyatni topdim:
“Biror jon qaerda o‘lishini ham bila olmas”
(Luqmon, 34-oyat). Va uning eshigini
sindirdim.
3. Ko‘rdimki, shayton keyin rohat va ne’mat tomonidan kelyapti. Uni ne’matning zavoli
va yomon hisob-kitob bo‘lishi bilan kutib oldim. So‘ng uni daf’ qilish uchun Allohning
ushbu so‘zlarini topdim:
“(Ey Muhammad) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar...”
(Hijr, 3-
oyat),
“(Ey Muhammad) xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-
salomatlik, molu davlat bilan) foydalantirsak...”
(Shuaro, 205-oyat). Shunday
qilib, bu tomondagi eshigini ham sindirdim.
4. Ko‘rdimki, so‘ng shayton mag‘rurlanish tomonidan kelyapti. Uni oqibat xavfi va
minnat bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:
“Bas, u (kunga hozir bo‘lgan)lar orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham..”
(Hud, 105-oyat). Darhaqiqat, men qaysi toifadan bo‘lishimni bilmayman, shu bilan uning
bu eshigi ham sindi.
5. Keyin u birodarlarga e’tiborsizlik va hurmatsizlik tarafidan keldi. Uni
birodarchilikning haqqini va hurmatini bilish bilan kutib oldim va uni bartaraf qilishga
Allohning ushbu so‘zini topdim:
“Kuch-qudrati Allohning, Uning payg‘ambari va mo‘minlarnikidir”
(Munofiqun, 8-
oyat). Shu bilan yana bir eshigini sindirdim.
6. Ko‘rdimki, u hasad eshigidan kelyapti. Uni adolat va Alloh taoloning maxluqlari
orasida qilgan taqsimoti bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan haydadim:
Dostları ilə paylaş: