“Ayting ( ey Muhammad): “Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, hujjat keltiring” (Baqara, 111-oyat).
3. O‘lim uchun tayyorlanish. Alloh taolo aytadi:
“Har bir jon o‘limni totuvchidir” (Oli Imron, 185-oyat).
4. Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish. Allohning bu haqda so‘zi
bor:
“Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chizig‘idan chiqqan kimsalar bilan, garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘g‘illari, yoki og‘a-inilari, yoki qarindosh urug‘lari bo‘lsalar-da, do‘stlashayotganlarini topmassiz. Ana o‘shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo‘ygandir” (Mujodala, 22-oyat), ya’ni, kim mo‘min bo‘lsa, Allohning amriga
muxolif keladigan odam bilan do‘st bo‘lmaydi, garchi u otasi, o‘g‘li yo akasi yoki
qarindoshlari bo‘lsa ham.
5. Yaxshi ishlarga buyurib, yomon narsalardan qaytarish. Alloh taolo bu haqda aytgan:
“Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil, albatta, mana shu ishlaring maqsadga muvofiqdir” (Luqmon, 17-oyat).
6. Allohning amrlari haqida tafakkur qilib, ibrat olish. Alloh taolo aytadiki:
“Osmonlar va yerning yaratilishi haqida fikr qiladilar” (Oli Imron, 191-oyat).
“Bas, ey aql egalari, ibrat olingiz” (Hashr, 2-oyat).
7. Alloh rozi bo‘lmaydigan ishlarni fikrlashdan qalbni tiyish. Alloh bu haqda aytadi:
“Albatta quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur, (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har narsasi uchun kishi qiyomat
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
374
kunida javob beradi)” (Isro, 36-oyat).
8. Allohning makridan xotirjam bo‘lmaslik. Alloh taolo aytadi: