O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni


- seminar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

3-
seminar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi 
Reja: 
1.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari
2.
Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim 

tarbiyaviy jarayonning o‘rni va o‘ziga 
xos xususiyatlar 
3.
Maktab ta’limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiy
ati 
4.
Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari 
5.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari
Tayanch so‘z va iboralar
: maktabga tayyorlov guruh, ta’lim, tarbiya, 
hamkorlik, faoliyat, markazlar. 
“Skarabey” texnologiyasi 
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, 
xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z 
fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya 
o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, 
o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini 
beradi. U, ayni paytda, turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi 
bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli 
bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi:
-boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
-mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini 
belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; 
mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko'rsatish;


60 
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasi o'quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u 
faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U 
o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga 
oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur 
texnologiyaning 
ayrim 
afzalliklari 
sifatida 
idrok 
qilishni 
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
“Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida 
qo‘llanishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni 
amalga oshirish imkonini beradi:
o‘zgalar fikriga hurmat;
jamoa bilan ishlash mahorati;
faollik;
xushmuomalalik;
ishga ijodiy yondashish;
imkoniyatlarini ko'rsatish ehtiyoji;
o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
«men»ligini ifodalashga imkon beradi;
o‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya – mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, 
g‘oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin