tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili kompyuterli ta‟limda bajarilishi shart bo‗lgan didaktik tamoyillardan biri ekanligini ko‗rsatadi.
Darsda bir o‗quv elementining bir necha xususiyatlari o‗rganiladigan bo‗lsa, bu
xususiyatlar o‗zlashtirish uchun qulay ketma-ketlikda joylashtirilishi va birinchi
xususiyat ikkinchisi bilan, ikkinchi xususiyat uchinchisi bilan va hokazo tartibda
mazmunan bog‗langan (sistemalashtirilgan) bo‗lishi lozim. Hozirgi paytda
ko‗rgazmalilik tamoyilining ko‗lami ancha kengaydi.
Nutqni ko‗rgazma qurol, darslik, harakatchan didaktik materiallar, texnik
vositalar bilan uyg‗unlashtirish ko‗rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishning asosiy
uslubiga aylanmoqda». Darhaqiqat, kompyuter matndan tashqari turli jadval, sxema,
diagramma, rasmlarni yuzlab ranglarda tasvirlash, turli o‗lchamlarda o‗zgartirish,
ixtiyoriy tartibda harakatlantirish imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyatlar o‗quv
materialining o‗quvchilar tomonidan oson o‗zlashtirilishiga yordamlashadi. Shu bois
kompyuterli ta‟limda ko„rgazmalilik tamoyili bajarilishi lozim deb bilamiz.
O‗quv ishlarida o‗quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish
ta‘limni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‗quvchilar faoliyati samaradorligini
ta‘minlashga zamin yaratadi.
Kompyuterli ta‟limda o„quvchilar faoliyatini individuallashtirish tamoyiliga amal qilish imkoniyatlari keng bo‗lib, uni alohida talab sifatida
ko‗rsatish
lozim . Ta‘limni individuallashtirish orqali o‗quvchining ichki olamiga yo‗l
ochiladi, unda shaxsiy sifatlar-o‗ziga ishonch, qat‘iylik tarbiyalanadi.
«Ta‘limni individuallashtirish-uni har bir o‗quvchining o‗z individual
xususiyatlariga
moslab
tashkil
etish
demak.
O‗quv-tarbiya
jarayoni
individuallashtirish yo‗li bilan bu jarayondagi turli to‗siqlar (bolaning uyatchanligi,
o‗qituvchi bilan o‗quvchining bir-birini anglamasligi, o‗quv materialining
murakkabligi va sh.k.) bartaraf etiladi, ta‘limni tashkil etish darajalari (ta‘limni oson,
o‗rtacha va yuqori qiyinlikda tashkil etish me‘yorlari) belgilanadi».
Navbatdagi tamoyil nazariyaning amaliyot bilan bog‗liqligi tamoyili. «Fan
odamzodning amaliy ehtiyojlari zaminida vujudga keladi va hayot bilan, amaliyot
bilan, ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan mustahkam aloqada bo‗ladi». Shundan kelib
chiqib,