kompyuterli ta‟limda fanning turmush bilan bog„liq bo„lishi tamoyili bajarilishi shart .
Turmushga bog‗lab bilim berish hamda egallangan bilimlarni ishlab chiqarish,
amaliyotga tatbiq etish boshqa-boshqa hodisalar bo‗lsa-da, ular bir-biri bilan
chambarchars bog‗liq. Ta‘limni turmush bilan bog‗lash vazifasi kompyuter ekranida
tasvirlanadigan o‗quv materiali matni, topshiriqlar, savollar mazmunida milliy
qadriyatlarimizning aks etishini taqozo qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, biz o‗quv
materiali mazmunida milliylik, e‘tiqodlilik, odob-axloqqa undovchi fikrlarning aks
etishini, Vatanga, ota-onaga, ilmga muhabbatning ifodalanishini, tabiat, hadislar,
iqtisodiyot kabi tushunchalar bilan bog‗liq fikrlarning bayon etilishini lozim deb
bilamiz.
O‗quvchilarda bilim olishga havas uyg‗otish ularni fikrlashga, mustaqil ishlash
va ijod etishga, berilgan topshiriqlarni tez va sifatli bajarishga odatlantirishdir.
Buning uchun, eng avvalo, bolalarning kattalardan farqli xususiyati-ularning qiziqarli
narsalarga moyilligi, o‗zlari uchun mavhum ko‗ringan voqea-hodisalarga
qiziquvchanligini hisobga olgan holda dars mashg‗ulotlarini shunday tashkil etish
kerakki, o‗quvchilar unda faol qatnashsin, ekranda tasvirlanayotgan ma‘lumotlarni
ishtiyoq bilan o‗rgansin, ular haqida mushohada qilsin.
O‗quvchilarni faoliyatga yetaklovchi asosiy omillardan biri qiziqishdir. Bundan
kompyuterli ta‟lim o„quvchilar uchun qiziqarli bo„lishi lozim degan xulosaga
kelamiz. Chunki fanga, o‗quv predmetiga, muayyan o‗quv materialini o‗rganishga
bo‗lgan qiziqish o‗rganiladigan o‗quv materialini samarali o‗zlashtirish va eslab
qolishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Qiziqarlilik ta‘limning barcha
yo‗nalishlari, funksiyalari bilan uzviy bog‗liq. Shunday yo‗l bilan o‗quvchining
ruhiyatiga, o‗quv materiali ustida qunt bilan ishlashiga, o‗quv faoliyatini
jadallashtirishga erishiladi. Zero, informatika darslarining qiziqarli bo‗lishini
o‗rganilayotgan mavzu ahamiyatini tushuntirish,
o‗quvchilarning yuqori
o‗zlashtirishlariga erishish bilangina amalga oshirib bo‗lmaydi. «Qiziqishlar
o‗quvchilarning o‗qishga nisbatan munosabatini, o‗quv predmeti mazmuniga ko‗ra
moyillik kuchini aks ettiradi. Moyillik kuchi ularda bilishga chanqoqlik hissini
qondirish vositalarini izlab topishga yo‗l ochadi».