Jon fon Neymanning xizmatlari juda katta bo‗ldi.
Neyman tomonidan bildirilgan,
sonlarni ifodalashda ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va foydalanilayotgan
axborotlarni saqlash kabi g‗oyalar hozirgi zamon hisoblash mashinalarida o‗zining
amaliy aksini topgan.
1949- yilda Angliyada Jon fon Neyman prinsiplari asosida
elektron hisoblash mashinasi –
EDSAK yaratildi va amaliyotda qo‗llanildi.
Birinchi sovet EHMi 1950-yilda akademik S.A. Lebedev rahbarligida yaratildi.
U
MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi ) deb ataldi. Bir yildan keyin S.A.
Lebedev rahbarligida
BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) yaratildi.
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar
sahifasi boshlandi.
Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi personal
kompyuter yaratildi.
Shu bilan birga 1973-yilda dunyoga taniqli XEROX firma tomonidan Alto
nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bulib fayllar va
dasturlarni oynalar ko‗rinishda ochish prinsipi qo‗llanilgan.
1977-yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy
kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass
korpus, klaviatura va displeyga ega bo‗lgan.
1980-yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara
boshladi. Ushbu kompyuter og‗irligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‗lgan va
narxi atigi 1795 dollar bo‗lgan.
1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan
personal kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila
boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni
qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli bo‗ldi.