O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Bugungi kunda respublikamizda innovatsion faoliyatning holati qanday?



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
Bugungi kunda respublikamizda innovatsion faoliyatning holati qanday?
Respublikamizda 2016-yilda jami 933 ta korxona va tashkilotlarda 
innovatsiyalar joriy qilingan bo‗lib, ularning asosiy qismi, ya‘ni 893 nafari (jami 
tashkilotlarning 96 %i) o‗zlarining faoliyatiga texnologik innovatsiyalarni, qolgan 40 
nafari esa marketing va tashkiliy innovatsiyalarni joriy qilishgan(8.1-rasm). 


76 
8.1-rasm. Respublikamizda tashkilotlar innovatsion faoliyatining holati
38
 
2016-yil davomida O‗zbekiston Respublikasida to‗qqiz yuzdan ortiq 
tashkilotlar tomonidan 2 mingga yaqin innovatsiyalar joriy qilingan. 
Bunda, joriy qilingan innovatsiyalarning aksariyati, ya‘ni 1816 tasi korxonalar 
faoliyatiga yangi, samarali texnologiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilishga 
qaratilganligini ko‗rishimiz mumkin.
Bu esa respublikamizda innovatsiyalarni tatbiq etish asosan xorijdan mashina 
va uskunalarni import qilish hisobiga amalga oshirilayotganligini anglatadi (8.2-
rasm). 
8.2-rasm. Respublikamizda joriy qilingan innovatsiyalar tarkibi
39
Bundan tashqari O‗zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalar bilan band bo‗lgan xodimlar soni so‗nggi 16 yil davomida 
sezilarli o‗zgarmagan(8.3-rasm). 
Bugungi kunda mamlakatning innovatsion faoliyatini baholovchi yana bir 
muhim ko‗rsatkichlardan biri bo‗lgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
38
www.mitc.uz 
39
www.mitc.uz 


77 
ishlanmalarga qilingan xarajatlar O‗zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 
0,2 %ni
tashkil etmoqda. 
Innovatsiyalar
to‗g‗risida turli xil fikrlar mavjudligi bois bu to‗g‗risida juda 
ko‗p gapirish mumkin. Shu asnoda bir savol tug‗ilishi tabiiy: innovatsiya 
tushunchasini nimani anglatadi, innovatsiyalar qachondan boshlab hayotimizga kirib 
kelgan? Bu savolga javob topish ko‗pchilikni qiziqtirsa kerak albatta. Keling tarixga 
bir nazar solaylik. 
Innovatsiya insoniyat yaratilgandan beri mavjud desak mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Bizning ajdodlarimiz ham jamiyat hayotini o‗zgartirgan yoki oldinga siljitgan, o‗zlari 
yashagan davrga xos yoki bazaviy innovatsiyalar bilan shug‗ullangan. Masalan, 
eramizdan avvalgi 1200-yillarda temir quyish texnologiyasini yaratilishi insoniyat 
tarixida juda katta o‗zgarishlarga sabab bo‗lgan. Bu jarayon esa fanning shakllanishi 
va u bilan shug‗ullanadigan olimlar qatlamining alohida ajralib chiqishidan ancha 
avval yuzaga kela boshlagan. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin