O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Respublikamizda innovatsiyalar bilan band bo„lganlar



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

8.3-rasm. Respublikamizda innovatsiyalar bilan band bo„lganlar
40
 
Shuning uchun innovatsiyalarning birdan bir manbayi ilm-fan deyish ham 
noo‗rin bo‗ladi. Industrial davrning innovatsion portlashi yuz bergan so‗nggi yuz 
yillikda yirik innovatsiyalarning tashabbuskorlari har doim ham olimlar 
bo‗lavermagan. Ularning tashabbuskorlari asosan tadbirkorlar, siyosiy arboblar, 
arxitektorlar, rassom va musiqachilar bo‗lgan. 
Innovatsion amaliyot bir necha ming yillardan beri mavjud bo‗lgan bo‗lsa-da, 
faqatgina XX asrdagina innovatsiyalar maxsus ilmiy o‗rganish predmeti sifatida 
o‗rtaga chiqdi. 
“Innovatsiya”
termini lotin tilidagi 
“novatio”
so‗zidan olingan bo‗lib, ―yangi 
kiritilgan tartib qoida‖, ―yangilik‖ degan ma‘nolarni anglatadi. 
―Innovatsiya‖ tushunchasi ―o‗zgarish‖ va ―rivojlanish‖ tushunchalari bilan 
chambarchas bog‗liqdir. Muttasil yangiliklarni yaratish yakunda tuganmas potentsial 
o‗zgarishlar oqimini paydo qiladi. Real o‗zgarishlar esa barcha yangiliklarning 
faqatgina bir qisminigina saqlab qoladi. Shunday qilib, innovatsiyalar yoki yangilik 
40
www.mitc.uz 


78 
kiritish deganda nafaqat yangi texnologiyalarni tatbiq qilish va yangi mahsulot ishlab 
chiqarish, balki biznesni tashkil etishdagi, firmani boshqarishdagi, iste‘molchilar 
bilan o‗zaro munosabatlardagi o‗zgarishlar ham tushuniladi. 
Adabiyotlarda ―innovatsiya‖ tushunchasini aniqlashda turlicha yondashuvlar 
mavjud: mohiyati yoki ichki tuzilishiga qarab innovatsiyalar texnologik, tashkiliy, 
marketing va boshqalarga ajratiladi. 
Amerikalik professor F. Kotler innovatsiyani ommaviy ishlab chiqarishga 
yo‗naltirilgan va bozorga chiqarilgan, iste‘molchi tomonidan mutlaqo yangi yoki 
qisman noyob tarkibli mahsulot kabi qabul qilinadigan g‗oya, mahsulot yoki 
texnologiya sifatida tushuntiradi. 
Iqtisodchi Y. Shumpeter 1900 yillarda birinchilardan bo‗lib ilmiy iste‘molga 
―innovatsiya‖ terminini kiritgan olim hisoblanadi. U innovatsiyani tadbirkorlikka 
asoslangan ishlab chiqarish omillarining yangi ilmiy-tashkiliy majmuasi sifatida 
izohlaydi. Uning konsepsiyasi quyidagi besh turdagi innovatsiyadan iborat: 
muomalaga yangi mahsulotni kiritish; yangi ishlab chiqarish usullarini joriy etish; 
yangi bozorlarni ochish; xomashyo yoki boshqa boshlang‗ich boyliklar bilan 
ta‘minlovchi yangi manbalarni o‗zlashtirish; u yoki bu sanoat tarmog‗i uchun yangi 
bozor tuzilmalarini yaratish. 
Shu o‗rinda dunyoga mashhur insonlardan biri ―zamonaviy menejmentning 
otasi‖ deb tan olingan P. Drukerning innovatsiya to‗g‗risidagi ayrim fikrlari ham 
ahamiyatga molikdir. 
P. Druker ―Ertangi kun – bu imkoniyat‖ degan iborani tez-tez takrorlab turgan. 
U kelajakdagi imkoniyatlarni prognoz qilish va unga pul mablag‗larini sarflay olish 
qobiliyati kompaniyaning eng muhim xususiyatlaridan biri deb hisoblagan. 
P. Drukerning fikricha, faqatgina tovarni yaratishga yoki brendni kengay-
tirishga yo‗naltirilgan innovatsion jarayonlarga nisbatan umumqabul qilingan 
qarashlar masalaning mohiyatini aks ettirmaydi. U haqiqiy innovatsiya xaridorlarning 
istaklarini keskin o‗zgarishini talab etadi deb hisoblagan. 
Druker agar siz innovatsiyani nimaligini bilmasangiz unda siz biznes bilan 
shug‗ullana olmaysiz degan qat‘iy fikrga kelgan. ―Starbucks‖ kompaniyasi esa P. 
Druker tasavvur qilgan haqiqiy innovatsiya namunasi bo‗la oladi. 1971-yilda birgina 
kafedan boshlab 2006-yilga kelib, ―Starbucks‖ dunyoning 37 mamlakatida 12 
mingtagacha savdo nuqtalari ega bo‗lgan yirik kompaniyaga aylandi. ―Starbucks‖ 
iste‘molchiga faqatgina odatdagidan xushxo‗r bo‗lgan bir chashka kofe taklif qilish 
uchungina tashkil etilmagan edi. Bu kofe chakana savdosidagi eskicha qarash edi. 
Kompaniya rahbariyatida kengroq ko‗lamdagi fikr paydo bo‗ldi: ―Starbucks‖ kafesini 
odamlar o‗z hayotidagi shiddatli sur‘atdan dam oladigan – uy va ofis o‗rtasidagi 
o‗ziga xos joyga aylantira olish. Boshqacha aytganda kompaniya kofe urug‗larini 
maydalash, qaynatish va filtrlash kabi oddiy jarayonlar doirasidan uzoqqa chiqib 
ketdi va u 
iste‟molchilarning umid va istaklarini o„zgartira oldi. 
P. Drukerning kelajak avlodga qoldirgan eng katta tuhfasi kompaniya 
menejerlari va ishchilarini kelajakni qanday yaratishni o‗rgatadigan ijodiy merosidir. 
Piterning innovatsiyaga bog‗liq quyidagi fikri judayam katta ahamiyatga ega: 


79 
tadbirkor quyidagi to‗rtta vosita yordamida boylik keltiruvchi yangi resurslarni yarata 
oladi: 
1. Doimiy ravishdagi o‗tmishdan voz kechishga va innovatsiya uchun joy 
ajratishga qaratilgan ish. 
2. Imkoniyatlarni doimiy izlash. 
3. Ushbu imkoniyatlarni xaridorlar uchun qadrli qila olish. 
4. Resurslarni strategik joylashtirish. 
Shu o‗rinda, dunyoga mashhur Apple kompaniyasining asoschisi Stiv 
Djobsning 
“Innovatsiya liderni uni quvib yetuvchilardan ajratib turadi” 
degan fikri 
asoslidir. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin