~ 1 ~
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«BIOTEXNOLOGIYA» fakulteti
fanidan
Amaliy mashg’ulotlar
(O’quv-uslubiy qo’llanma)
Namangan-2020
~ 2 ~
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma qayta ishlangan va to‘ldirilgan bo‘lib, 541100-
―
Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlar texnologiyasi”
ta‘lim yo‘nalishi
talabalari uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy qo‘llanma bo‘lajak mutaxasisslarning nazariy kursda o‘tilgan
mavzularini amaliy mashg‘ulotlari bilan bog‘lab, fanni yaxshi o‘zlashtirishga
yordam beradi.
Tuzuvchilar:
Sulaymonov I.J.
NamDU ―Biotexnologiya‖ kafedrasi dotsentii
Ergashev D.T.
NamDU ―Biotexnologiya‖ kafedrasi
o‘qituvchisi
Taqrizchi:
Botirov O.
–
ToshDAU Andijon filiali ―Dehqonchilik va melioratsiya‖ kafedrasi mudiri, b.f.n.,
dotsent.
Ushbu uslubiy qo‘llanma O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus
ta‘lim vazirligining 2019-yildagi ________________ raqami bilan tasdiqlangan
namaunaviy dasturi asosida tuzilgan va NamDU «Biotexnologiya» kafedrasining
20__ yil ―__‖ _________dagi __-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya
etilgan.
NamDU Uslubiy kengashining 20__ yil ―___‖ _________dagi __-sonli
yig‘ilishida tasdiqlangan va chop etishga ruxsat berilgan.
~ 3 ~
Kirish
Er yuzida dorivor o‗simliklarning 10—12 ming turi bor. 1000 dan ortiq o‗simlik
turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O‗zbekistonda
dorivor o‗simliklarning 577 turi mavjud. SHulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda
ishlatilmoqda.
Dorivor
o‗simliklarning organizmga ta‘siri ularning tarkibidagi
birikmalarning miqdoriga bog‗liq. Bu birikmalar o‗simlikning har xil qismlarida turli
miqdorda to‗planadi. Dori tayyorlashga o‗simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda
yig‗iladi. Masalan, po‗stloq, kurtak erta bahorda, barg o‗simlik gullashi oldidan yoki
gullaganda, gullari to‗la ochilganda, meva va urug‗lari pishganda, er osti organlari (ildizi,
ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda olinadi.
Dorivor o‗simliklarning ta‘sir etuvchi moddasi — alkoloidlar, turli glikozidlar
(antroglikozidlar, yurakka ta‘sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar,
kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vitaminlar, smolalar va
boshqa birikmalar bo‗lishi mumkin. Ko‗p o‗simliklardan mikroorganizm va viruslarni
yo‗qotadigan antibiotiklar va fitonsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir
guruhga xos o‗zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda
uchraydi, shu bilan birga ba‘zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo‗lmagan, turli oilaga
mansub o‗simliklar tarkibida ham bo‗lishi mumkin.
Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklarni turli
kasalliklarni davolashda foydalanib keladi.
Hozirgi davrda dorivor o‗simliklarni turi ko‗payib, xalq tibbiyoti shifobaxsh
o‗simliklar bilan boyigan.
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o‗simliklarning aksariyati asrlar davomida
xalq ishlatib kelgan o‗simliklardan olingan. Xalq meditsinasida qo‗llanib kelinadigan
dorivor o‗simliklarni ilmiy tabobatda ishlatib bo‗lmaydi. O‗zbekistonda dorivor
o‗simliklardan ko‗proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‗oq, jag‗-jag‗,
zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‗t, shildirbosh,
shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‗t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan —
paxikarnin,
isiriqdan
garmin,
itsigekdan
anabazin,
omonqoradan
galantamin,
shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‗stidan gijja haydovchi pelterin tanat
va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‗am ko‗chiruvchi va
yumshatuvchi, jag‗-jag‗ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‗xtatuvchi, pista bujg‗uni va
choyo‗tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi.
Dorivor o‗simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan:
1. Ta‘sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkoloidli, glikozidli, efir moyli,
vitaminli va boshqalar;
2. Farmokologik ko‗rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‗riq qoldiruv-chi,
uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta‘sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini
qo‗zg‗atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o‗simliklar.
Toshkentdagi kimyo-farmatsevtika zavodlarida O‗zbekistonda o‗sadigan va ekib
o‗stiriladigan dorivor o‗simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan,
oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo‗llaniladigan psoralen, yapon soforasi
~ 4 ~
g‗unchasidan vitamin A dek ta‘sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi,
kendordan strofantin, simarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi.
Yuqorida aytib o‗tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin o‗simliklarning
mahsulotidan foydalaniladi. SHu ko‗rsatilgan dorivor o‗simliklar mahsulotining 48%
yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan
xo‗jaliklarning dorivor o‗simliklar o‗stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22%
„aralash― guruhni tashkil qiladi, ya‘ni bu guruh dorivor o‗simliklar mahsuloti ham yovvoyi
holda o‗sadigan, ham plantatsiyalarda o‗simliklardan yig‗iladi. Keyinchalik „aralash―
guruh dorivor o‗simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlarning salmog‗i umumiy
yig‗iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda.
Yangidan ekilishi kerak bo‗lgan dorivor o‗simliklar agrotexnikasi VILR hamda
uning tajriba stansiyalarida, qisman fanlar akademiyasi (FA), universitetlar va oliy o‗quv
yurtlarining botanika bog‗larida ishlab chiqilmoqda. Bu sohada VILR va uning tajriba
stansiyalarini xizmati katta bo‗lib, ularda chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va
subtropik dorivor o‗simliklarni Sobiq Ittifoq iqlimida o‗stirishning agrotexnika qoidalari
ishlab chiqilgan. Mamlakatimizning turli hududlarida (zonalarida) joylashgan xo‗jaliklarida
quyidagi dorivor o‗simliklar o‗stirilmoqda: xin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon,
dixroa, katta kella, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari,
uyatchang mimoza, to‗q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, pushti katarantus (bo‗rigul),
yumaloq bargli stefaniya, evkalipt turlari, bo‗lakli ituzum va boshqalar.
Sug‗oriladigan maydonlarda o‗stiriladigan dorivor o‗simliklar yovvoyi holda
o‗sadigan dorivor o‗simliklardan katta farq qiladi, ya‘ni o‗stiriladigan dorivor o‗simlik
mahsulotida begona o‗simliklar aralashmasi bo‗lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida
o‗stirilgan dorivor o‗simliklar serhosil va biologik faol moddalarga boy bo‗ladi.
Dorivor o‗simliklarni serhosil navlarini tanlab olish, ularni chatishtirish yoki
poliploidli (xromosom sonlarini oshirish) navlarini olish yo‗li bilan ekiladigan dorivor
o‗simliklarning hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo‗lgan kimyoviy birikmalar
miqdorini oshirish mumkin.
Yuqorida aytib o‗tilgan sabablarga ko‗ra, ba‘zi bir dorivor o‗simliklarni o‗stirish va
ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mahsulotini
yig‗ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi.bO‗zbekistonda dorivor
o‗simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan Qishloq va suv xo‗jalik
vazirligiga qarashli xo‗jaliklarda ekiladi.
O‗zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973-yilda Toshkent viloyati Bo‗stonliq
tumanidagi xo‗jaliklarda dorivor o‗simliklar ekila boshladi. Keyinroq (1978-yilda)
Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‗simliklar o‗stiriladigan xo‗jalik
tashkil qilindi. Bu xo‗jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor
tirnoqgul, na‘matak, achchiq shuvoq (erman), bo‗lakli ituzum, mayda gulli tog‗rayxon va
boshqa o‗simliklar o‗stirilgan. Ulardan yig‗ilgan mahsulotlar O‗zbekiston dorixonalarini
ta‘minlash uchun hamda Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga
jo‗natilgan.
Hozirgi kunda dorivor o‗simliklarni o‗stirib etishtiradigan maxsus xo‗jaliklar
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil
qilingan.
~ 5 ~
Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi „Farmatsiya― ishlab chiqarish
birlashmalari qoshida dorivor o‗simliklar o‗stiradigan maydonchalar tashkil qilingan bo‗lib,
ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o‗simliklarni o‗stirmoqdalar.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati Chirchiq tumanidagi dorivor o‗simliklarga
ixtisoslashgan Oxunboboev nomli ixtisoslashgan xo‗jalik dalalarida qalampir yalpiz,
dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, dorivor moychechak, besh bo‗lakli
arslonquyruq, pol-pola, na‘matak va boshqa dorivor o‗simliklar o‗stirilmoqda.
Hozirgi kunda tabiiy holda o‗sayotgan dorivor o‗simliklarni zaxiralari insonlar
ta‘sirida kamayib bormoqda. Buning o‗rnini to‗ldirish va xalqimiz ehtiyojini qondirish
maqsadida dorivor o‗simliklar turlarini ko‗paytirish va ularni O‗zbekistonning tuproq-iqlim
sharoitlarini hisobga olgan holda sug‗oriladigan mintaqalarda ekib o‗stirish maqsadga
muvofiq bo‗ladi. O‗zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o‗simliklar xomashyosi
bilan ta‘minlash maqsadida yaqin yillar ichida dorivor o‗simliklarni ekib o‗stiradigan
fermer va ixtisoslashgan xo‗jaliklarni tashkil qilish va ko‗paytirish maqsadga muvofiq
bo‗lar edi.
Dostları ilə paylaş: |