Nazorat savollari 1.
Omonqora necha turga bo‗linadi?
2.
Omonqora o‗simligi tarkibida qanday moddalar bor?
3.
Qoraqobiqning yetishtirish texnologiyasi qanday?
4.
Zafaronning biologic tavsifini izohlang?
5.
Zafaronning kimyoviy tarkibi va ishlatilishi haqida nimalarni bilasiz?
6.
Zafaron yetishtirishda O‘zbekiston va jahon tajribalari qanday?
11-amaliy mashg’ulot Mavzu: Chala buta dorivor o‘simliklar (lavanda, issop, mavrak, tog’jambil, buyrakchoy) ni dala sharoitida urug’idan ko’paytirish usullari Mashg‘ulotning maqsadi: Mashg‗ulot davomida talabalarga chala butalarga
kiruvchi lavanda va issop , mavrak, tog‘jambil, buyrakchoy o'simliklarini o‗stirish
uslublari bilan tanishish va o‗rganish
Zarur narsalar: xomashyo namunalari, plakatlar, urug‗lar, gerbariylarr.
Nazariy tushuncha Lavanda -
Lavandula officinalis - yasnotkaguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga
mansub o‘simlik. U doim yashil, bo‗yi 85-90 sm ga yetadigan, o‗ziga xos xushbo‗y
hidli chala buta.
Tabiatda G‗arbiy O‗rta Er dengizidan Dalmatsiya va Yunonistongacha, Alp
tog‗larida dengiz sathidan 1700 m balandlikda uchraydi. Fransiya, Italiya, Ispaniya,
Angliya, Germaniya, Ruminiyada madaniylashtirilgan. Gruziya, Ukraina, Qrim va
Qozog'istonda ham madaniylashtirilgan.
Ildizi o‗q ildiz, tepa qismida yaxshi rivojlangan, yon ildizlari tarmoqlangan. Yuqori
qismi sanoqsiz chala yog‗ochlangan sershox poyalardan iborat. Bu poyalaming pastki
qismidan har yili ko‗p miqdorda bir yillik novdalar o‗sib chiqadi.
Barglari rombsimon, tuxumsimon. O‗tkir uchli qo‗ng‗ir rangda 0,5 sm uzunlikda
bo‗ladi.
Gul hosil qiluvchi novdalari 4-qirrali, pastki qismi serbarg. Barglari qarama-qarshi
joylashgan, bargi bandli, cho‗ziq chiziqsimon, chetlari qayrilgan, 2-6 mm uzunlikda
yashil yoki kulrang - yashil tuklangan. Gullari tik to‗pgulni hosil qiladi. Gullari binafsha
rangda, 12-14 tadan soxta shingilga to‗planib, 5-7 tali mo‗rt g‗ovaksimon. Boshoqsimon
to‗pgulni tashkil etadi. To‗pgulning balandligi 25-30 sm. Mevasi 4 yong'oqcha,
~ 53 ~
yongoqchalari uzunchoq silliq- qo‗ng‗ir (jigarrang) uzunligi 3 mm. 1000 dona urug'ning
vazni - 1-1,3 g.
Kimyoviy tarkibi.