Kimyoviy tarkibi .
Zaʼfaronning gul ustunchalarida 50 foizdan ortiq boʻyovchi
modda krotsin yoki polixroit, 2,7 foiz yogʻ, 0,32 foiz efir moyi, shuningdek,
B, B
2,
B
6,
B
9
vitaminlari, azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalьtsiy birikmalari
mavjud.
Za‘faron guli tayoqchalaridan olingan tabiiy mahsulot tarkibida yana bir qator
minerallar kaliy, kalsiy, magniy, natriy, temir moddasi, qand, efir moyi, fosfor, rang
beruvchi krotsin, azotli moddalar va K, A, K, PP, vitaminlari mavjud bo‗lib,
reproduktiv salomatlik uchun juda samarali hisoblanadi.
Ishlatilishi .
Za‘faron gulining ustunchalaridan olingan mahsulot pazandachilik va
farmatsevtikada ishlatiladi. Gul barglaridan esa choy tayyorlashda foydalanish mumkin.
Za‘faron ziravor sifatida ishlatilganda u taomga mazali ta‘m beribgina qolmay
salomatlik uchun ham koni foyda qiladi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino ―Al-qonun‖ asarida 900 ga yaqin oʻsimlikning
shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumot keltirib,
Zaʼfaronning 100 ortiq kasalliklarni davolashda foydalanilishini qayd etgan.
Oziq-ovqat sanoatida – qandolat mahsulotlari, keks, pirog, turli bulochka va turli
kremlar, muzqaymoq tayyorlashda keng qoʻllaniladi. Zafaron qoʻshilgan oziq-ovqat
mahsulotlari bir necha kun oʻz sifatini yoʻqotmaydi.
Qadimda bu o‗simlikdan tibbiyot hamda taomlarga xushmaza ta‘m berishda
foydalanishgan. Za‘faronning dorivor xususiyatlari haqida miloddan avvalgi 2600 yilda
yozib qoldirilgan Xitoyning tabobatga doir kitoblarida, Misr papiruslarida yozib
qoldirilgan. Qadimgi Rimda za‘faron yordamida ko‗z kasalligi – kataraktani
davolashgan va zaharlanishga zid vosita sifatida qo‗llashgan. Bobokalonimiz Ibn Sino
za‘farondan sil kasalligini davolashda foydalanganligi haqida ma‘lumot qoldirgan.
Buyuk hakimning ta‘kidlashicha, za‘faron (damlamasini) ichish insonni yoshartiradi,
rangni tiniqlashtirib, ko‗zni ravshan qiladi, yurakni quvvatlantiradi.
Bundan tashqari, ya‘na ko‘pgina shifobaxsh xususiyatlari aniqlangan. Xususan:
- Qon tarkibini tozalab, uni organizmda aylanishini normallashtiradi;
- Organizmni toksinlardan tozalaydi;
- Oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi;
- Saraton kasalligini kelib chiqishini oldini oladi;
- Moddalar almashinuvini yaxshilaydi;
- Uyquni yaxshilaydi;
- Xotirani mustahkamlaydi.
Umuman olganda za‘faron sog‗lom turmush tarzi uchun juda zarurdir.
Oʻsimlikdan olinadigan xom-ashyo yaʼni, qizil rangli gul ustunchalaridan tibbiyot va
oziq-ovqat
sanoatida
keng
miqiyosda
foydalaniladi. Tibbiyotda
– yengil
tetiklashtiruvchi, gemarroy, tomir tortishish, ogʻriq qoldiruvchi, ich ketish,
stenokardiya, yurak funktsional kasalliklarida, qon kasalliklarida (leykemiya), jinsiy
aʼzolar
funktsiyasini
kuchaytiruvchi
vosita
sifatida
qoʻllaniladi;