~ 48 ~
O‘stirish texnologiyasi
.
Qalampir yalpiz o‗stirish uchun mo‗ljallangan maydon
kuzda 25 sm chuqurlikda haydaladi. Haydashdan oldin yerga gektariga 20 tonna
chirigan go‗ng va 100 kg fosfor solinadi.
Yalpiz ildizpoya - qalamchadan ko‗paytiriladi. Ekishdan oldin 8-10 sm uzunlikda
qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalar martaprel oylarida 10
sm chuqurlikda
tayyorlangan jo‗yaklarga birbiridan 20-25 sm masofada ekiladi. Qator oralari 60 sm
bo‗lganda bir gektar erga 7-8 mingta ildizpoya qalamchalari zarur bo‗ladi. Ekilgandan
so‗ng sug‗orish egatlari olinadi va tuproq suvga to‗yinganga qadar sug‗oriladi.
Yalpizning rivojlanib yaxshi hosil berishi muntazam sug‗orib va o‗g‗itlab to‗rishga
bog‗liq.
Qalampir
yalpiz
organik
va
mineral
o‗g‗itlarga
juda
talabchan.
O‘simlik ekilgandan 17-20 kun o‗tgach yoki yon shoxlari paydo bo‗lishi bilan gektar
hisobiga 40 kg dan azot, 20 kg dan kaliy o‗g‗itlari bilan oziqlantiriladi.
Ikkinchi
oziqlantirish shonalash -fazasida 40 kg azot va 30 kg dan fosfor o‗g‗itlarini berish
bilan
amalga oshiriladi. Qalampir yalpiz gullash fazasida mineral o‗g‗itlarini juda ko‗p talab
qilishini hisobga olib, azotli va kaliyli o‗g‗itlardan gektariga 30 kg dan qo‗llab
oziqlantirish to'xtatiladi.
Vegetatsiya
davomida
birinchi
va
keyingi
yillar
gektar
hisobiga
110-120 kilogramm azot, 80 kilogramm fosfor va 60 kilogramm kaliy o‗g‗iti bilan
oziqlantiriladi. Tuproq doim nam holatda bo‗lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan tuproqni
yumshatib turush va begona o‗tlami yo‗qotish ham muhum ahamiyat kasb etadi. Yetarli
darajada sug‗orilmasa, o‗simlik bo‗yi kalta, kam hosil beradi.
O‘simlik ekilgan birinchi yili 8 marta sug‗oriladi, 5 marta yer yumshatilib o‗toq
qilinadi. Ikkinchi yili sug‗orish soni o‗zgarmaydi, o‗simlik bo‗sh erlaming deyarli
hammasini egallab yaxshigina o‗tzor
hosil qiladi, shuning uchun qator oralari faqat
bahorda yumshatiladi. Uchunchi yili ekinzor yumshatilmaydi. Zaruratga qarab qo‗lda
o‗toq qilinadi. To‗rtinchi yili bahorda dala kultivatorlar yordamida ag‗dariladi va
ildizpoyalari yig‗ib olinib, boshqa maydonga ekiladi.
Dostları ilə paylaş: