~ 45 ~
(qum va barg chirindisiga 1:1 nisbatda to‗ldirilgan) yashiklarga 4-6
sm chuqurlikda
o‗tkaziladi.
Ildizpoyalarni
erga
ekish
aprelning
2
yarmidan
boshlanadi.
O‘simlik orasidagi masofa 4 sm, egat oralig‗i 15-20 sm qilib, nam tuproqqa ekiladi,
ketidan sug‗oriladi. Kuzda ekilgan ildizpoyalar baquvvat bo‗lib,
vegetativ rivojlanishi
bahordagiga nisbatan tezlashadi. 1 m erga 20 ta o‗simlik joylashtirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Vegetatsiya davomida 16-18 marta sug‗oriladi. Ildizlari yaxshi
taraqqiy etib yoyilganda har 3 martam sug‗orilgandan
keyin oralari yumshatiladi,
begona o‗tlardan tozalanadi. May marvaridgulining vegetatsiya davomida va 3-
yillar gektariga 1.00 kilogramm azot, 70 kilogramm fosfor va 50 kilogramm kaliy
o‗g‗it bilan oziqlantiriladi. O‘simlikning gullash davrida er yuzida 3-5
santimetr
yuqoriroqdan silos o‗radigan mashinada yoki qo‗lda uning o‗ti o‗riladi va xirmonda
yig‗ilib quritiladi. Har gektar erdan 600-700 kilogramm hosil yig‗ib olish
mumkin.
Ro'yan
(bo'yoqdor ro'yan —
Rubia tinctorum
va Gruziya ro'yani — Rubia
iberica)
ro'yandoshlar
—
Rubiaceae
oilasiga mansub, ko'p yillik, bo'yi 30—150 sm
gacha bo'lgan o't o'simlik.
Idizpoyasi uzun, sudralib o'suvchi, shoxlangan, silindrsimon,
yo'g'on, bo'g'inli, ko'p boshli. Poyasi bir nechta, to'rt qirrali, bo'g'inli, sershox va
ilmoqli dag'al tuklar bilan qoplangan. Bargi lansetsimon-tuxumsimon, yaltiroq, pastki
tomonidagi yo'gon tomirlari ilmoqli dag'al
tuklar bilan qoplangan, juda ham qisqa
bandi bilan poyada 4—6 tadan to'p-to'p bo'lib joylashgan. Gullari mayda, yashil-sariq,
barg qo'ltig'idan o'sib chiqqan yarimsoya-bonga to'planib, ro'vaksimon gul to'plamini
tashkil etadi.
Gulko-sachasi aniq bilinmaydi, tojbargi 5 ta, birlashgan, voronkasimon-
g'ildiraksimon, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi 1—2
urug'li, sharsimon, oldin qizil, keyinchalik qora rangga aylanuvchi sershira ho'l meva.
lyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi — avgust-sentabrda pishadi.
Ro'yanning vatani O'rtaer dengiz mamlakatlari. Ukraina, Moldova, Rossiyaning
Yevropa qismining janubida, Kavkaz va O'rta Osiyoda uchraydi. Asosan, ariq bo'ylarida,
butalar orasida, kanallar bo'yida, dalalarda va bog'larda o'sadi. Ro'yan plantatsiyalarda
ham o'stiriladi.
Dostları ilə paylaş: