Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Dorivor limono‘t
 

Melissa officinalis
- yasnotkaguldoshlar 
(Lamiaceae)
oilasiga mansub, ko‗p yillik limon hidi kelib turuvchi o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi 
tarmoqlangan. Poyalari tik o‗suvchi, to‗rt qirrali, shoxlangan, bo‗yi 80 sm ga boradi. 
Barglari bandli, tuxumsimon chetlari arrasimon qirqilgan. Gullari mayda, oq sarg‗ish 
yoki pushti, barg qo‗ltiqlarida 3-10 tadan soxta mutovkalarga yig‗iladi. Mevasi 
yong‗oqcha, jigarrang yoki to‗q jigarrang. 1000 dona urug‗ining vazni 0,5-0,7 g. 
Kimyoviy 
tarkibi.
 
Barglari 
tarkibida 
0,33% 
gacha 
efir 
moyi, 
karotin va askorbin kislotasi bor. Urug‘i tarkibida 20% yog‗ bor. 
Ishlatilishi.
 
Preparatlari, damlamalari og‗riq qoldiruvchi, yurak kasalliklariga 
qarshi, oshqozon-ichak kasalliklarida, ter haydovchi vosita sifatida, og‗iz bo‗shlig‗ini 
chayishda, teri kasalliklarida ishlatiladi. Oziq-ovqat va atir-upa sanoatida ham 
keng qo‗llaniladi. 
O‘stirish texnologiyasi

Dorivor limono‗t o‗simligini 0 ‗zbekistonning barcha 
tuproqiqlim 
sharoitida 
ekib 
o'stirish 
mumkin. 
O‗simlikdan 
yuqori 
hosil 
yig‗ib olish uchun unga sho‘rlanmagan, mexanik tarkibi o‗rtacha, unumdor, dukkakli va 
g‗allasimon ekinlardan bo‗shagan erlarni tanlash tavsiya etiladi. 
Dorivor melissani bir dalada 5 yilgacha o‗stirib hosil olish mumkin. O‗simlik 
ekiladigan erlarni kuzda 25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydaladi. Haydash oldidan 
gektar hisobiga 20-30 tonnadan organik o‗g‗it va 50 kg dan fosfor o‗g‗iti bilan 
oziqlantiriladi. Ekish oldidan erlarni tekislash, bir yillik va ko‗p yillik begona o‗tlar 
urug‗ini kamaytirish maqsadida uzunasiga va ko‗ndalangiga diskali borona bilan 6-8 sm 
chuqurlikda yumshatiladi va molalash o‗tkaziladi. 


~ 47 ~ 
Limono‗t yorug‗sevar, namsevar va ko‗p yillik o‗simIik bo‗lganligi uchun 
urug‗idan yoki tuplarini bo‗lib ekish yo‗li bilan ko‗paytiriladi. Limono‗tni mart oyining 
oxiri yoki aprel oyining boshlarida tuproq harorati 12-15°S bo‗lganda ekiladi. Ekish 
sabzavot ekish moslamalarida egat oralarini 70 sm qilib ekiladi. Urug‘lar katta 
maydonlarda seyalkalarda 2-3 sm chuqurlikda ekiladi. Urug‗lar tuproqqa bir tekis 
tushishi uchun donador superfosfat bilan aralashtirib ekiladi. Gektariga 6 kg urug‗ 
sarflanadi.Bir tekis ekilishi uchun urug‗lari granullangan superfosfat bilan gektariga 60 
kg hisobida aralashtiriladi. Ekishdan so‗ng o‗rtacha sug‗orish egatlari olinib jildiratib 
sug‗oriladi. Urug‗lari unguncha tuproq nam holatda bo‗lishi kerak.
Tuproqning usti 2-3sm qalinlikda muchalansa maysalar 10-15 kundan keyin unib 
chiqadi, 4 ta chin barg chiqargandan keyin yagana qilinadi. Har bir metrda 
4-5 tup o‗simlik qoldiriladi. 
Agar tuproqda nam yetarli bo‘lmasa urug‗lami unib chiqishi uchun sug‗orish 
jo‗yaklari tortilib tezlik bilan sug‗oriladi. Urug‗lar ekilgandan keyin nihollar 10-12 
kunda unib chiqadi. O‗simlikda 3-4 ta chin barg hosil bo‗lganda qator oralari tuprog‗i 
yumshatiladi va 20-25 sm oralig‗ida 2-3 tadan o‗simlik qoldirilib yagana qilinadi. 
Dorivor melissani shonahish davrida gektar hisobiga 30 kg dan azot va 20 kg dan kaliy 
o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi.
Vegetatsiya oxirigacha o‗simlik 9-10 marta sug‗oriladi. Har 3-4 marta 
sug‗orilgandan keyin, o‗simlik oralari kultivatsiya qilinadi va begona o‗tlardan 
tozalanadi. 
Limono‗t iyun-avgust oyida gullaydi, mevalari iyul-avgustda yetiladi. Uning 
dorivor xomashyosi (er ustki qismi) iyul-avgust oylarida o‗rib olingandan keyin azotli, 
fosforli va kaliyli o‗g‗itlar bilan oziqlantiriladi va sug‗oriladi. Limono‗tning 
xomashyosi juda nozik bo‗lganligi uchun tezlik bilan quritilmasa sifati buziladi. 
Ikkinchi yili erta bahorda qator oralari yumshatiladi va begona o‗tlardan tozalanib 
vegetatsiya davomida gektar hisobiga 70 kg azot, 50 kg fosfor, va 30 kg kaliy 
o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi hamda 7-8 marta sug‗oriladi. Har 3-4 suvdan keyin o‗simlik 
oralari kultivatsiya bilan yumshatiladi va begona o‗tlardan tozalanadi, o‗suv davomida 
birinchi va ikkinchi yillari gektariga 100 kilogramm azot, 80 kilogramm fosfor va 50 
kilogramm kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi.
Limono‗t ining xomashyosi nozik bo‗lgani uchun juda ehtiyotkorlik bilan yig‗iladi. 
Dorivor melissa ekilgan maydonlarning gektaridan 1000-1200 kg barg yig‗ib olish 
mumkin. Limono‗t ekilgan maydonlardan 5 yilgacha foydalanish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin