Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Dalachoy
 

Hypericum perforatum
dalachoydoshlar (
Hypericaceae
) oilasiga 
mansub ko‗p yillik bo‗yi 30-100 sm ga etadigan o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi va ildizi 
sershox. Poyasi bir nechta tik o‗suvchi, silliq tuksiz, qirrali bo‗lib, yuqori qismi qarama-
qarshi shoxlangan. Bargi oddiy, cho‗ziq tuxumsimon tekis qirrali bo‗lib, poyada bandsiz 
qarama-qarshi joylashgan. Gullari tilla sariq rangda, besh bo‗lakli qalqonsimon 
ro‘vakka to‗plangan. Mevasi uch xonali, ko‗p urug‗li, pishganda ochiladigan 
ko‗sakcha. Urug‗i mayda cho‗zinchoq va chuqurchali bo‗lib, qo‗ng‗ir rangda. 
Kimyoviy tarkibi:
 
Er ustki qismida 10-12% oshlovchi moddalar, 0,1-0,4% 
antratsen unumlari, flavonoidlar, efir moylari, S vitamini bor.
Ishlatilishi:
 
dorivor preparatlari burushtiruvchi, antiseptik va yara to‗qimalarini 
tez bitiruvchi ta‘sirga ega. Tibbiyotda me‘daichak, og‗iz bo‗shlig‗i va boshqa 
kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
O‘stirish texnologiyasi
. Dalachoy ko‗p yillik o‗t o‗simligi bo‗lib, asosan, 
urug‗idan ko‗paytiriladi. O‗simlikni ekishdan oldin ycrni kuzda 25-28 sm qilib 
haydaladi. Haydashdan oldin gektariga 20-25 tonna organik o‗g‗itlar va 50 kg 
dan superfosfat o‗g‗iti bcriladi. Dalachoydan yuqori hosil yetishtirish uchun erta 
bahorda tuproqning yuqori qatlamini urug‗ yaxshi ko‗miladigan, normal unib chiqishi 
va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladigan qilib yumshatish kerak. 
Tuproqda havo almashinishini yaxshilash, pastki qatlamlardan urug‗larga namlik 
kelishini ta‘minlash va begona o‗tlarni yo‗qotishga e‘tibor qaratish kerak bo‗ladi.
Erta bahorda erni ekin ekishdan oldin boronalab tekislanadi, o‗sib kelayotgan bir 
yillik begona o‗tlar yo‗qotiladi. Mart oyining oxiri va aprel oyining boshlarida urug‗lar 
stratifikatsiya qilinib, seyalkalarda qator oralarini 60 sm li va urug‗ni 0,5-1 sm 
chuqurlikda ekiladi. Urug‗i juda mayda boiganligi uchun uni qumga aralashtirib 
(1:50 nisbatda) ekiladi. Gektariga 4-5 kg dan urug‗ sarflanadi. Uning urug‗lari 5-6°C da 


~ 43 ~ 
12-16 kundan keyin ko‗karib chiqadi. Lekin urug‗laming erdan tez ko‗karib chiqishida 
tuproq harorati 18-20°C bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Dalachoy urug‗lari kuzda ekilgan bo‗lsa, ular erta bahorda tez unib chiqadi va tez 
rivojlanadi hamda hosildorligi bahorda ekilgan urug‗larga nisbatan yuqori 
bo‗ladi. 
O‗simlikning 
nihollari 
nozik 
boiganligi 
sababli 
uni 
begona 
o‗tiardan tozalab, tezlik bilan qator oralari kultivatsiya qilinib yumshatiladi. 
Agar o‗simhk qalin joylashgan bo‘lsa uni yagana ham qilinadi va 1 m erga 10 tadan 
o‗simlik qoldiriladi. Birinchi yili o‗simlikni 10-12 marta sug‗oriladi, qator oralari 4-5 
marta kultivatsiya bilan yumshatiladi va 3-4 marta oralari qo‘l yordamida o‗toq 
qilinadi. 
O‗sisli davomida gektar hisobiga 40 kg dan azot, 30 kg dan kaliy 
o‗g‗iti beriladi. 0 ‗simlikni oziqlantirish, sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi. lyun va 
iyul oylarida dalachoy to‗liq gullaganda uning er usti qismini gulli shoxlari shonasi 30 
sm dan oshmasdan o‗roq yordamida, katta maydonlarda o‗t o‗radigan mexanizmlar 
yordamida o‗rib olinadi va dorivor xomashyosi tezlik bilan maxsus moslamalarda 
quritiladi.
Birinchi o‗rimdan keyin o‗simlikning yaxshi rivojlanishi uchun dalachoy ekilgan 
maydonlar har gektariga 80-100 kg dan ammofos o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi. Oradan 
30-40 kun o‗tgandan keyin dalachoyni ikkinchi marta o‗rib olish mumkin 
bo‗ladi. Dalachoyning hosildorligi birinchi o‗rimga nisbatan ko‗proq ham 
bo‗lishi mumkin. Dalachoy birinchi yili meva bermaydi. Ikkinchi yili erta bahorda 
dalachoy ekilgan maydonlar o‗simlik qoldiqlaridan tozalanib uzunasiga va 
ko‗ndalangiga borona qilinib, azotli, fosforli va kaliyli o‗g‗itlar bilan oziqlantiriladi. 
Dalachoy ekilgan erlarda to‗liq ko‗chat saqlansa, o‗z vaqtida oziqlantirilsa, sug‗orilsa va 
begona 
o‗tlardan 
vaqtida 
tozalansa, 
har 
gektar 
erdan 
o‗rtacha 
3-4 
tonna dorivor xomashyo va 500-600 kg urug‗ yig‗ib olish mumkin bo‘ladi. 
Dalachoy to‗liq gullaganda iyun oylarida uning er usti qismini 80 santimetrdan 
oshirmasdan silos o‗radigan mexanizmlarda va qo‗lda yig‗ib olinadi va quritiladi. Har 
gektar erdan 4 tonnagacha xomashyo va 600 kilogramm urug‗ yig‗ib olinadi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin