Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Arslonquyruq
(
leonurus)
- yasnotkaguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, 
bo‗yi 50-150 sm ga yetadigan ko‗p yillik o‗simlik. Poyasi bir nechta, tik o‗sadi, 
shoxlangan, 4
 
qirrali. Barglari tuxumsimon 5 bo‗lakka bo‗lingan. Pushti yoki pushti - 
binafsha rangli 5 bo'lakli, 2 labli, gullari o‗simlikning yuqori qismidagi barg qo‗ltig‗ida 
halqa shaklida joylashgan bo‗lib, boshoqsimon to‗pgulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta 
yong‗oqcha. 1000 ta urug‗ning vazni 1 g.
Kimyoviy tarkibi.
 
Flavonoidlar, alkoloidlar, efir moylari, S vitamini, oshlovchi va 
boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi
.
 
Tinchaltiruvehi, yurak kasalliklarida ishlatiladi. 
Arslonquyruq 
o’simligíni 
etishtirish 
agrotexnikasi.
 
Arslonquyraqni 
O‗zbekistonning sug‗oriladigan (sho‗rlangan tuproqlardan tashqari) barcha erlarida ekib 
o‗stirish mumkin. Arslonquyruqdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor va suv 
bilan yaxshi ta‘minlangan erlarga ekishni tavsiya qilinadi. Haydab ekilayotgan 
ekinlardan bo‗shagan erlarga ekish ham maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Arslonquyruq yog‗ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, ya‘ni tnproqning 20 sm 
qatlamida tarqalgan ko‗p yillik o‗tsimon o‗simlik bo‗lganligi uchun uni kuzda va erta 
bahorda ham ekish mumkin. Erlarni kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna 
organik o‗g‗it va 50 kg superfosfat o‗g‗iti bilan oziqlantirib, 20-25 sm chuqurlikda 
haydab qo‗yiladi. 
Arslonquyruq, asosan, 
urug‘dan 
ko‗paytiriladi. Kech kuzda quruq urug‗lar 
gektariga 12-18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7-8 kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5-2 
sm chuqurlikda ekiladi. 
Sug‗oriladigan erlarga urug‗ ekilgandan keyin 60-70 wSm oraliqda 
sug‗orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‗oriladi. Urug‗ni organik o‗g‗itlarga yoki 
yog‗och qipig‗iga aralashtirib ekilsa, bahorda yog‗adigan yomg‗irlardan qatqaloq hosil 
boimaydi va urug‘lar to‘liq unib chiqadi. Urug‗ ekilgandan 15-20 kun keyin nihollari 
chiqa boshlaydi.
Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo‘lda o‘toq qilinadi, o‗simlik 
oralari yumshatiladi, ya‘ni kultivatsiya qilinadi va o‗simliklami oralarini siyraklashtirish 
uchun yagana qilinadi. O‗simliklar oraligi 15-20 sm dan qilib va har bir uyaga 1-2 tadan 
o‗simlik qoldiriladi. To‗pbarg gul chiqargandan keyin kultivatsiya qilish bilan birga 
gektar hisobiga 50-60 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‗g iti bilan oziqlantiriladi va 
sug‗oriladi. 


~ 42 ~ 
Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida gektariga 30 kg 
azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‗g iti bilan oziqlantiriladi. Bu davrda o‗simlikning 
o‗gitga boigan talabchanligi eng yuqori boiadi va poyalari 2-2,5 metrga yetib qoladi. 
Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7-8 marta sug‗oriladi va jami 110 kg azot, 80 kg 
fosfor va 60 kg kaliy o‗g iti beriladi. Uning xomashyosi barg, gul shonalari bilan 
birgalikda 40 sm uzunlikdagi poyasidir.
Ko‗pchilik o‗simliklarda to‗pgullari quyi qismlaridagi gullarining uchdan ikki 
qismi qiyg‗os gullaganda, to‗pgullaming yuqori qismi shonalayotgan davr 
xomashyoning to ia yetilgan vaqti hisoblanadi. Urug‘lari to‘liq yetilganida xomashyo 
sifati buziladi. Xomashyopoyasini 35-80 sm oraligida qirqish imkonini beradi, ya‘ni 
uning vositasida arslonquyruq poyasini o‗rtacha 50 sm balandlikda qirqish mumkin. 
Xomashyoni katta maydonlarda qayta jihozlangan kombaynlarda ham yigish 
mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi gektariga oitacha 25 sentnemi, keyingi yillarda 
35 sentncrdan hosil yigib olish mumkin. Arslonquyruq urug‘larining hosildorligi 
o‗rtacha gektariga 5-6 sentnemi tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3-4 yilgacha 
yetishtirish mumkin. Arslonquyruqning dorivor xomashyosi soya va shamol bo‘lib 
turadigan erlarda quritiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3-4 yil saqlash mumkin.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin