Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

O‘stirish texnologiyasi.
 
Tog‗rayhon ko‗p yillik o‗t o‗simlik bo‘lib, uni kuzda va 
erta bahorda ham ekish mumkin. Tog‗rayhonni haydab ekiladigan ekinlardan keyin 
ekilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Tog‘rayhonni unumdor va nam yaxshi 
saqlanadigan erlarga ekish tavsiya qilinadi. Tog‗rayxonni O'zbekistonning tog‗ oldi va 
sug‗oriladigan bo‗z tuproqlarida ekish ham tavsiya qilinadi. Uni Respublikamizning 
barcha tuproqlarida (sho‗rlangan erlardan tashqari) ekib o‗stirish imkoniyatlari 
mavjud.Tog‗rayhon ekiladigan erlarni kuzda (asosiy shudgor noyabr oyida 25 sm gacha 
chuqurlikda o‗tkaziladi) tayyorlab, haydash oldidan gektariga 15-20 tonnadan organik 
o‗g‘it va 40-50 kg dan sof fosfor o‗giti, yogingarchilik etarli bo‘lmaydigan va sizot 
suvlari chuqur joylashgan erlar 25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‗yiladi. 
Natijada tuproq tarkibida ko‗proq nam saqlanadi. Shudgorlash begona oilar, 
zararkunanda va kasalliklami kamaytiradi. Erta bahorda urugiarni ekishdan oldin erlar 
borona va mola mexanizmlari bilan tekislanadi. Begona o‗tlar ildizidan tozalanadi. 
Tuproq harorati +20- +22°C ga yetganda mart oyining oxirlarida urugiar er yuzasidan 
0,5-1 sm chuqurlikda (urug‗ mayda bo‘lganligi uchun qumga aralashtirib ekiladi) 
ekiladi va er usti yengil g‗altaklar bilan biroz zichlashtiriladi. Odatda mart-aprelda 
sabzavot ekiladigan uskunalarda gektariga 5 kg hisobiga urug‗ ekiladi. Urug‗ bir tekis 
tushishi uchun unga biru besh miqdorda qum yoki boshqa to‗ldirgich modda 
aralashtiriladi va 0,5 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Shundan keyin ekilgan erni g‗altak
yordamida bir oz zichlash kerak. Maysa unganda yog‗in-sochinsiz vaqtda, tuproqning 
yuza qismi quruq vaqtida shuningdek ekish vaqtida ekkich uskuna, okuchnik tirkab egat 
olinadi. 
Tog‗rayhonni parvarish qilish urug‗lar unib chiqqandan keyin boshlanadi. 
Urug‗lar unib chiqquncha tuproq yuzasini nam holatda saqlansa urug‗lar 10-12 kunda 
unib chiqadi. Tog‗rayhonning nihollari unib chiqqandan so‗ng, paykallar o‗toq va 
yagana qilinib, qator oralari 60 sm, o‗simliklar oralari 15-20 sm dan qilib har bir uyaga 
bir-ikkitadan o‗simlik qoldiriladi.
Qator oralaridagi begona o‗tlar doimo tozalanib, erlar kultivatsiya yoki qo‗lda 
yumshatilib turilishi lozim. Tog‗rayhon boshqa ekinlarga o‗xshash mineral va organik 
o‗g‗itlarga talabchan hisoblanadi. Mineral o‗g‗itlardan, ayniqsa, azotli o‗g‗itlaming 
ta‘siri ancha kuchli bo‗ladi. Shularni e‘tiborga olib, birinchi oziqlantirislmi nihollar unib 
chiqqandan so‗ng gektar hisobiga 25 kg azot va fosfor o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi. 


~ 40 ~ 
Tog‗rayhon shonalash davrida fosforli va kaliyli o‗g‗itlarga ancha talabchan 
bo‗lganligi uchun ikkinchi oziqlantirishda 30 kg azot, 20 kg kaliy o‗g‗iti bilan 
oziqlantiriladi. Bu agrotexnik tadbir sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi. O‗simlik bu 
davrga kelib shoxlab ketishi natijasida, oralariga mexanizmlar yordamida ishlov berish 
ancha qiyinlashadi. Tog‗rayhon gullash fazasida ozuqa elementlami ko‗proq talab 
qiladi. Shulami e‘tiborga olib gektariga 20 kg azot va kaliy o‗g‗iti berib oziqlantirish 
tugatiladi. Tog‗rayhon o‗simligi birinchi yili 9-10 martagacha, keyingi yillarda 
yog‗ingarchilik va haroratni hisobga olgan holda 7-8 marta sug‗oriladi.
Tog‗rayhonni ko‗chatlar orqali ham ko‗paytirish mumkin. O‗simlik ommaviy 
gullagan davrda iyun oyining oxiri va iyulning boshhirida er ustki o‗t qismi (dorivor 
hosili) 20 sm uzunlikda o‗roq, bog‗ qaychilari va katta maydonlarda ekilgan bo‗lsa, 
o‗rish agregatlarida ehtiyotlik bilan yig‗ib olinadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin