Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Dorivor valeriana
 

Valeriana officinalis
valerianadoshlar (
Valerianaceae

oilasiga mansub, bo‗yi 2 metrgacha yetadigan ko‗p yillik o‗t o‗simlik. Ildizpoyasidan 
birinchi yili ildizoldi to‗p barglari, ikkinchi yildan boshlab poyasi o‗sib chiqadi. Poyasi 
tik o‗sadi. Shoxlanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan. Barglari oddiy, 4 juft 
bo‘lakchalardan iborat toq patli ajralgan bo'lib, poyada bandlari (ildizoldi barglari uzun 
bandli, poyasidagilarniki yuqoriga ko‗tarilgan sari bandi qisqarib boradi) yordamida 
qaramaqarshi joylashgan. Barg bo‗lakchalari chiziqsimon yoki tuxumsimon, yirik 
tishsimon qirrali. Oq yoki pushti rangli xushbo‗y mayda, besh bo‗lakli gullari yirik 
ro‘vak to‗pguliga joylashgan. Mevasi cho‗ziq tuxumsimon, och qo‗ng‗ir rangli. May – 
avgust oylarida gullaydi, mevasi iyun-sentabrda yetiladi.
Ko‗p yillik valeriana Finlyandiya chegarasidan Sharqqa tomon tarqalgan. 
Janubda areali Moldaviyagacha o‗tadi. Ulyanov viloyatlarida asosan o‗tli va torfli 
botqoqlarda kanal va suv bo‗ylarida o‗sadi.
Kimyoviy tarkibi.
 
Efir moyi, alkaloidlar, izovalerian, sirka, olma kislotalar, 
saponin, oshlovchi moddalar bor.
Ishlatilishi.
 
Tibbiyotda 
ildizpoyasi 
bilan 
ildizi 
hamda 
er 
ustki 
qismi ishlatiladi. Xomashyolari uyqusizlikda, asab xastaliklarida, yurak-qon tomirlari 
tizimini yaxshilashda ishlatiladi.
O‘stirish texnologiyasi.
 
Urug‗lar bahorda ekiladi. Tuproq bilan ekish 
oralig‗idagi tayyorlash ishlarini unutmaslik kerak. Qishda urug‗lami sovuq o‗rishdan 
saqlashch kerak. Ekish dalasi toza va unumdor tuproqli bo'lishi lozim. Erni haydashdan 
oldin tuproqqa 30-40 tonna go‗ng, 35-45 kg sof superfosfat solinadi. Ekish normasi 8 
kg/ga,ekish chuqurligi 1-1,5 sm, egat oralig‗i 45- 60 sm.
Vegetatsiya davrida 1-2 marta o‗toq qilinadi, 4-5 marta egat orasi yumshatiladi va 
9-10 marta sug‗oriladi. Har bir sug‗orishdan keyin dalaning mexanik tarkibiga qarab 
dalaga ishlov beriladi. 1-2 chi yilida (tuproqka 60-70 kg/ga azot solinadi). O ‗sishning 
2-yilida plantatsiyalarda egat oralarini yumshatishni o‗g‗it solish bilan birga va begona 


~ 41 ~ 
o‗tlarga qarshi gerbitsidlami berish bilan olib boriladi. O‗toq qilinadi, agrotexnik 
tadbirlar qo‗llaniladi. Xomashyo yig‗iladigan asosiy diqqatni gulto‗plamlarni 
yo‗qotishga qaratish kerak. Undan umumiy gullash davrida to‗pgullarini 10-15 sm 
balandlikda o‗rish orqali yo‗qotiladi.
Valeriana o‗simligini zararkunandalardan saqlash uchun ekishdan oldin kam 
dozada ximikatlar bilan ishlov beriladi. Xomashyo oktabrda yig‗iladi. Chunki 
ildizlaming o‗sishi butun kuz davom etadi. Ildizlari yuvilib 15-20 sm qalinlikda 
stellajlarga yoyib. yaxshi shamollatiladigan xonalarda 2-3 hafita quritish uchun 
qo‗yiladi. Presslangan xomashyoni saqlash muddati 3 yil. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin