~ 49 ~
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalarg dars davomida piyozboshli dorivor o‗simliklar-
dan zafaron, sovrinjon va qoraqobiq
o‗simliklarini o‗stirish texnologiyasini o‗rgatish.
Zarur narsalar:
yuqorida keltirilgan dorivor o‗simliklarga doir xomashyo
namunalari, plakatlar, urug‗lar, gerbariylarr.
Nazariy tushuncha
Qoraqobiq (omonqora)
o‗simligi turlari - (Viktor
omonqorasi, Severtsev
omonqorasi) -
Ungernia victoris
. - chuchmomadoshlar
(Amaryllidaceae )
oilasiga
mansub, ko‗p yillik piyozboshli o‗t o‗simlik.
Piyozi tuxumsimon, uzunligi 7-11 sm,
diametri 4- 12 sm bo‗lib, yuqori qismi qora-qo‗ng‗ir rangli yupqa qobiqlar bilan
o‗ralgan. Ildizoldi barglari 7-10
dona ingichka, tekis qirrali, ikki qator joylashgan.
Erdan qor ketmasdanoq o‗simlikning ildizoldi barglari ko‗karadi. Yoz oylarida barglari
qurib qoladi. Bir ikki oydan so‗ng bargsiz poyasi (gul o‗qi) o‗sib chiqadi. Gul o‗qining
uzunligi 5-30 sm, uchida oddiy soyabonga to'plangan va
bir tomonga egilgan gullar
joylashgan. Mevasi – pishganda ochiladigan uch chanoqli ko‗sakcha.
Kimyoviy tarkibi.
Dostları ilə paylaş: