Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Kimyoviy tarkibi.
Ildizpoya tarkibida 5—6% gacha antratsen hosilalari (alizarin, ruberitrin 
kislota, purpurin, munistin, lutsidin va bosh-qalar) va 15% gacha qandlar, pektin modda 
hamda kislotalari bor. 
Ishlatilishi.
Ro'yan o'simligi spazmalitik va siydik haydash hamda buyrak toshlarini 
(fosfatlarni) yumshatish ta'siriga ega. Shuning uchun uni dorivor preparatlari siydik 
yo'llari, buyrak hamda o't pufagi tosh va podagra kasalliklarida qo'llaniladi. 
Ro‘yan o‘simligini etishtirish agrotexnikasi.
 
Ro‗yanga ajratilgan dalalar erta 
kuzda shudgordan oldin har gektar erga 15-20 tonna organik o‗g‗itlar, superfosfat berib 
27-30 sm chuqurlikda haydaladi. Agar o‗simlik yog‗ingarchilik kam boigan avtomorf 
tuproqlarda ekilsa er haydash bilan birga gektariga 20 kg azot va kaliy 
o‗gitini berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ro‗yan urug‘idan va ildizpoya qalamchalaridan ham ko‗payadi. Ekishdan oldin 
urug‗ni stratifikatsiya qilmasa ham bo‘ladi. Erta bahorda haydalgan erlar boronalanadi 
va kultivatsiya qilinadi.Tuproqning harorati 10-12°C bo‘lganda mart oylarining 
o‗rtalarida gektariga 13-15 kg urug‗ sarflanadi. Uning ekilish chuqurligi 4-5 


~ 46 ~ 
sm dan kam bo‗lmasligi lozim. Urug‗ning unuvchanligi 75-80% dan kam bo‗lmasligi 
kerak. Tuproqning harorati mo‘tadil va namlik yetarli bo‘lsa ekilgan urug‘lar 10-12 
kunda unib chiqadi.
Agar ildizpoya qalamchalardan ko‗paytiriladigan bo‘lsa ularning ildiz olish 
darajasi 80-90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ildizpoyalar erta bahorda 8-10 sm 
chuqurlikda ekilishi lozim. Gektariga o‗rtacha 10-12 sentner ildizpoya sarflanadi. 
O‗simlikning zichligi 1 metrda 10-15 dona. Urug‗ va qalamcha qator oralari 60 sm dan 
qilib ekilsa, o‗simlik ikkinchi va keyingi yillarda ildizlari yaxshi rivojlanib tuproq 
yuzasini butunlay qoplanishga sharoit yaratiladi. 
Ro‗yan o‗simligi birinchi yili 7-8 marta sug‗oriladi, keying yillarda sug‗orish soni 
kamaytiriladi. Birinchi yili o‗simlik oralari yumshatiladi, begona o‗tlardan tozalanadi. 
Birinchi o‗g‗itlash may va iyun oylarida gektariga 30 kg azot, 20 kg kaliy o‗g‗iti berish 
bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi oziqlantirish avgust oylarida 30 kg azot 
va 20 kg superfosfat o‗g‗iti berish bilan tamomlanadi. O‗simlikni oziqlantirish 
sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi.
Bo‗yoqdorro‗yanning ikkinchi va uchinchi yillari, dastlabki mevalari qo‗ng‗ir 
tusga kirganda ulaming to‗kilib ketishiga yo‗l qo‗ymasdan yig‗ib olinadi. 
Ildiz va ildizpoyasini kech kuzda yoki erta bahorda plug bilan erni 30-35 sm ag‗darib 
tuproqdan tozalab, suvda yuvib va +45-50°S da ildizini quritish xonalarida quritib 
olinadi.
Ro‗yanning urug‗lari qo‗lda yoki mexanizmlar yordamida yig‗ib olinadi. Har 
gektar erdan o‗rtacha 80-100 kg umg‗ va 13-14 sentner quruq ildiz 
yig‗ib olish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin